OzbekistonBelarusTojikiston ortasida yerdan foydalanish boyicha memorandum imzolandi

Yer tuzish, yerdan oqilona va samarali foydalanishda axborot kommunikatsiya, geoaxborot tizimlari geo-vebportal yaratish va Yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanish masalalari boyicha Belarusning Belgiprozem loyihalash instituti va Tojikistonning Tojikzaminsoz loyihalash instituti delegatsiyalari joriy yilning 2427-oktabr kunlari Davyergeodezkadastr qomitasiga tashrif buyurdi, deya Daryoga xabar berdi qomita matbuot xizmati. Foto:DavyergeodezkadastrDelegatsiya azolarini Davyergeodezkadkastr qomitasi raisi A.X. Abdullayev qabul qilib, bugungi kunda qomita tizimida yer tuzish, geodeziya, kartografiya va kadastr sohasida olib borilayotgan ishlar togrisida soz yuritdi, bu borada ornatiladigan hamkorligimiz uch tomonlama soha rivojlanishiga xizmat qilishini bildirdi. Songi ilm-fan yutuqlariga asoslangan holda, mutaxassislarni malakasini oshirish, Masofadan oqitish tizimini yolga qoyish muhimligini takidlab, yer-geopartalini yaratishda ozaro hamkorlik qilish maqsadga muvofiqligini alohida takidlab otdi. Shuningdek, Davyergeodezkadkastr qomitasi raisi orinbosari M.I.Ruzmetov Ozbekistonda yer resurslaridan foydalanishda axborot kommunikatsiya va geoaxborot tizimlari hamda Yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanishning istiqbolli imkoniyatlari togrisida toxtalib, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi (MDH) doirasida yer sohasida ozaro fikr almashish, tajribalar bilan ortoqlashish, ozaro ish almashishni tashkil etish maqsadida MDHning Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan zondlash Davlatlararo kengashi qoshida Yer tuzish va yer kadastri ishchi guruhini tashqil qilish boyicha taklif berdi. Foto: DavyergeodezkadastrUchrashuv qatnashchilari, oz navbatida Belarus va Tojikiston Respublikalarida yer tuzish, yer kadastri, qishloq xojalik yerlarini kadastr baholash sohasida olib borilayotgan ishlari yuzasidan ortoqlashdi. Jumladan, Tojikzaminsoz davlat yer tuzish loyiha instituti rahbarining Tojikiston Respublikasida Ozbekistonning tuproqshunoslik, geobotanik tadqiqotlar otkazishda uchuvchisiz uchar apparatlardan foydalanish tajribalari bilan ortoqlashish borasida taklif bildirdi.Belarus Respublikasi Belgiprozem unitar korxonasi tomonidan yaratilgan Geo-vebportal, veb portal muallifi N.P.Bober tomonidan tanishtirildi va uchrashuv qatnashchilarda keng qiziqish uygotdi.Delegatsiya ishtirokchilari Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida bolib, Yer sohasida olib borilayotgan yer tuzish va ilmiy loyihalash ishlari bilan yaqindan tanishishdi. Qilinayotgan ishlar xalqaro meyor talablari boyicha ilmiy asoslangan holda olib borilayotgani takidlandi.Uchrashuv yakunida, Yer tuzish, yerdan samarali va oqilona foydalanish, yer kadastri, tuproqshunoslik, geobotanik tadqiqotlar otkazish, qishloq xojalik yerlarini kadastr baholash, geoaxborot tizimi texnologiyalari va Yerni masofadan zondlash materiallaridan foydalanish sohalarida ozaro hamkorlikni rivojlantirish va dostona aloqalarni mustahkamlash, MDHning Geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan zondlash Davlatlararo kengashi qoshida Yer tuzish va yer kadastri ishchi guruhini tashqil qilish, jumladan xodimlarni malakasini oshirish borasida Masofadan oqitish tizimini yolga qoyish boyicha Ozdavyerloyiha davlat ilmiy loyihalash instituti bosh direktori R.A.Torayev, Belgiprozem unitar korxonasi direktori V.V. Shalipin va Tojikzaminsoz loyiha instituti direktori Sh.J. Jorazoda tomonidan uch tomonlama memorandum imzolandi.Bolib otgan uch tomonlama uchrashuv Yer sohasini ilmiy va amaliy tomondan rivojlanishiga xalqaro hamkorlikning dastlabki qadami hisoblanadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0