Gastrol-konsert va suxandonlik faoliyati bilan litsenziyasiz shugullanish mumkinmi?

Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shobasitoylarda qoshiqchilik, suxandonlik,video-tasvirchilik vaboshqa pullik xizmat korsatishningtartib-qoidalari bilan bogliq malumotlarni Daryoga taqdim etdi. Quyida soliq organlari xodimlaridan kop soraladigan savollarga javoblar keltiriladi. Foto: Getty ImagesGastrol-konsert, shu jumladan, suhandonlik faoliyati bilan litsenziyasiz shugullanish mumkinmi?Yoq mumkin emas. Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugullanishi mumkin bolgan faoliyat turlari royxatida konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish hamda tantanali marosimlarini tashkil etish xizmatlari belgilangan bolib, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish boyicha royxatdan otgan yakka tartibdai tadbirkorlar daromad soligi tolashdan ozod qilinib, har oyda faqat eng kam ish haqining bir varavari miqdorida sugurta badallari tolanishi belgilangan.Tantanali marosimlarini tashkil etish xizmatlarini amalga oshirilishi boyicha royxatdan otgan bolsa faoliyatini amalga oshiradigan hudud boyicha qatiy belgilangan soliq hamda eng kam ish haqining bir varavaridan kam bolmagan miqdorda sugurta badali tolaydi.Toy va boshqa tantanali marosimlarini otkazish boyicha tuzilgan sanatkorlar guruhining solistida litsenziya bola turib, boshqa guruh azolariga alohida ushbu litsenziya bolishi yoki davlat xizmatlari markazidan royxatdan otib yakka tartibdagi tadbirkor bolishi shartmi?Shart emas. Yuridik shaxsni tashkil etmasdan Oilaviy tadbirkorlik faoliyati boyicha royxatdan otgan yakka tartibdagi tadbirkor (solist) ozining guruhiga yaqin qarindoshlarini (otasi, aka-ukalari) azo qilgan holda faoliyat korsatishlari mumkin. Ushbu holatda oilaviy tadirkorning azolari har oyda eng kam ish haqining yarim baravari miqdorida sugurta badali tolaydilar.Yoki, guruh rahbari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida royxatdan otib, 3 nafargacha bolgan guruh azolarini yollanma ishchi sifatida royxatga kiritish orqali faoliyat korsatilishi qonunda nazarda tutilgan. Ushbu holatda ham yollanma ishchi sifatida kiritilgan 3 nafargacha guruh azolari har oyda eng kam ish haqining yarim barovarimiqdorida sugurta badallari tolaydilar.Litsenziya olmasdan ushbu faoliyat turi bilan qaysi tartibda shugulansa boladi?Tadbirkorlikning Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish boyicha royxatdan otgan taqdirda litsenziya talab qilinadi. Tantanali marosimlarini tashkil etish xizmatlarini (toy, yubiley, tugulgan kun va hokazo) amalga oshirilishi boyicha davlat royxatdan otgan holda faoliyat korsatilsa, faoliyatni amalga oshiradigan hudud boyicha qatiy belgilangan (daromad) soliq va sugurta badali tolanadi.Toy va boshqa tantanali marosilarda aholiga suxandonlik, foto va video tasvirga tushurish xizmati bilan ham alohida YaTT sifatida royxatdan otgan holda faoliyat korsatish mumkinmi?Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugullanishi mumkin bolgan faoliyat turlari royxatida Video va fotosuratga olish xizmatlari faoliyatini amalga oshirish belgilangan bolib, ushbu faoliyat bilan royxatdan otgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatni amalga oshiradigan hudud boyicha qatiy belgilangan (daromad) soliq va sugurta badali tolaydi.Takidlash lozimki, mamlakatimizda zamonaviy milliy estrada sanatini yanada rivojlantirish, estrada ijrochilarining professional mahoratini oshirish hamda iqtidorli yosh xonandalarni kashf etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, toylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmatidan tashqari boshqa turdagi yani, toy-xashamlarda boshlovchilik qilish, suratga olish va video-tasvirga tushirish xizmatilarini ham korsatish cheklanmagan.Buning uchun ushbu xizmatni korsatuvchi shaxslarimiz amaldagi tartib boyicha Ozbekkonsert davlat muassasasi tomonidan berilgan litsenziyaga ega bolib, har oy yakunida eng kam ish haqining bir baravari miqdorida sugurta badali tolovini tolashlari kerak. Litsenziyasiz faoliyatni amalga oshirmoqchi bolgan shaxslar esa yakka tartibda tadbirkor sifatida davlat royxatidan otib, Respublika miqiyosida faoliyatini amalga oshirmoqchi bolsa har oyda eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida, viloyatimizda mazkur faoliyatni amalga oshirmoqchi bolsa eng kam ish haqining bir yarim baravari miqdorida shuningdek, viloyatning malum bir tumanida faoliyat korsatmoqchi bolgan yakka tartibdagi tadbirkorlar eng kam ish haqining ikki yarim baravar miqdorida qatiy belgilangan soliq va eng kam ish haqining bir baravari miqdorida sugurta badali tolovini tolashi lozim. Shu orinda aytib otish kerakki, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda bazi sanatkorlarimiz murojaat bilan chiqib, letsenziyadan tashqari eng kam ish haqining bir baravari miqdorida sugurta badali tolovini tolashni bekor qilishni talab qilishmoqda.Eslatib otamiz, eng kam ish haqining bir baravari miqdorida sugurta badali tolovi barcha fuqarolar, jumladan murojaat etuvchilarning ham kelgusidagi pensiya taminotini kafolatlashga qaratilgan.Shunday ekan, hurmatli sanatkorlar, suxandon va boshlovchilar, tasvirchilar barcha-barchangizni amaldagi tartib va qoidalarga rioya kilib, joriy qilingan tolovlarni kechiktirmasdan tolashga chaqiramiz. Unutmang, siz tolayotgan tolovlar soliq yigimlariga kirmaydi. Aksincha, ushbu mablaglar kelgusida ozingizga pensiya tolovlari sifatida qaytarib beriladi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0