Chilonzorda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf maqbarasi qurilishi ishlari davom etmoqda

Joriy yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangi majmua qurish va unga shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomini berilishi haqida xabar berilgan edi. Foto: Facebook / “Xalq bilan muloqot”Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida qayd etilishicha, bugun majmuada qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.Poytaxtning Chilonzor tumanida barpo etilayotgan hamda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladigan majmuaning qurilishi, uning ko‘rinishi ko‘pchilikni qiziqtirishi tabiiy.Loyihaga ko‘ra, majmua hududi namozxona, ayollar namozxonasi, tahorat xonalari, minora, 3 ta kirish peshtoqi, “So‘galli Ota” maqbarasi, anjumanlar saroyi, tashqi va ichki favvoralar, masjid va uning sahni, avtoulovlar uchun to‘xtash joyi va h.k.lardan iborat edi.Qariyb sakkiz oydan buyon loyiha amaldagi o‘z tasdig‘ini topmoqda. Yaqinda majmua masjidining bosh gumbazi qad rostladi va unga hilol o‘rnatildi. Undan tashqari, ayollar namozxonasi, tahorat xonalari, 2 ta minora, tashqi va ichki favvoralar, masjid sahnining qurilishi rejali asosda olib borilmoqda. Bunda, usta-quruvchilarning fidokorligi, g‘ayrat-u shijoat bilan mehnat qilayotganlari, albatta tahsinga sazovor”, — deyiladi xabarda.Shuningdek, majmua yonidan muzey ham qad rostlamoqda. U yerda shayx hazratlarining umr yo‘liga oid qimmatli ma’lumotlar, ularning ilmiy merosini jamlash rejalashtirilgan.Hududda o‘zgacha chiroy baxsh etuvchi umumiy maydoni 591,4 metr kvadratni tashkil etuvchi va 200 o‘ringa mo‘ljallangan anjumanlar saroyi bunyod etiladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0