Dunyo bo‘yicha eng ishonchli avtomobillar ro‘yxati e’lon qilindi
Consumer Reports tashkiloti dunyo bo‘yicha eng ishonchli avtomobillar reytingini e’lon qildi, deb yozadi “Sputnik”. Foto: “Sputnik”O‘tgan yil uchun o‘tkazilgan tadqiqotga yarim million avtomobil ishqibozi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar kiritildi.So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ro‘yxatda Yaponiyaning Lexus markali modeli yetakchilik qilmoqda. Bu avtomobillar kamdan-kam holatlarda ishdan chiqadi yoki buziladi. Ularning ishonchliligi o‘rtacha bahosi 100 balldan 78 ga yetdi. Ikkinchi o‘rinni Toyota (100 balldan 76 ball) egalladi.Uchinchi o‘rindan Mazda joy oldi. U 2018-yilda o‘tgan yilgi 12-o‘rindan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Ishonchlilikning yuqori ko‘rsatkichi CX-9 va MX-5 Miata’da ham qayd etildi. Ulardan keyingi o‘rinlarni Subaru va Kia egalladi. Ishonchli avtomobillar reytingidan, shuningdek, Tesla, Cadillac va Volvo joy olgan.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz