Chustda kabobdan zaharlanganlar organizmida o‘ta xavfli yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari aniqlanmadi

Namangan viloyati Chust tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy bo‘limida kabobdan zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgan bemorlardan olingan biologik namunalar viloyat o‘ta xavfli kasalliklar laboratoriyasida tekshirilganda o‘ta xavfli yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilari aniqlanmadi. Bu haqda Turon 24 xabar bermoqda. Foto: Turon 24Tuman tibbiyot birlashmasiga 10-sentabrdan 23-oktabrga qadar jami 27 nafar bemor “qorinda kuchli og‘riq, ko‘ngil aynishi, isitma, holsizlik, qorin qismida suv yig‘ilishi” kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan.Viloyat davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazining 23-oktabrdagi dastlabki tekshiruv xulosasiga ko‘ra, tuman ovqatlanish shoxobchalaridan olingan surtma, ovqat mahsulotlari namunalarida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar topilmagan.Tuman tibbiy muassasasiga yotqizilgan 27 bemorda muolajalardan so‘ng ahvoli yaxshilangan 15 nafariga uyiga ruxsat berilgan. Bemorlarning ikki nafari tuman tibbiyot birlashmasida, besh nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida davolanmoqda. Qolgan bemorlar murojaat bilan kelgan kunning o‘zida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va ahvoli qoniqarli bo‘lgani bois, shifoxonaga yotqizilmagan. Ularga dori vositalari va qat’iy parhez tavsiya qilingan.Hozir vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, komissiyaviy sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.Mavzuga doir: Chustda 30 kishi kabobdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0