Qoraqalpogiston hukumati qadimiy maqbarani qayta tamirlashga vada bergandi. Biroq u buzib tashlandi

Qoraqalpogiston olkasi orta asrlarga mansub noyob yodgorlikdan mahrum boldi. Restavratsiya niqobi ostida 12 asrda qurilgan Shamunabi maqbarasi mutlaq buzib tashlanib orniga yangi bino qurildi. Bu haqda Nuz.uz nashriga asoslanib, Sputnik xabar berdi. Foto: Nuz.uzOzbekiston poytaxti va yirik shaharlaridan ancha uzoqda joylashgan Qoraqalpogiston iqtisodiy jihatdan kambagal bolsada, tarixiy yodgorliklarga juda boy. Qadimiy masjidu, maqabaralar, qala va qorgonlar.Ushbu yodgorliklarning aksariyati asrlar davomida ochiq osmon ostida, yozda jazirama quyosh va qishda qahraton sovuq va yogingarchiliklarga dosh berib kelgan bolsada, ayrim insonlar shafqatsizligi oldida ojizlik qilmoqda.Muhim madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bolgan yodgorliklar qopol va ozboshimchalik bilan qilingan tamirlash va restavratsiya oqibatida oz qiymatini yoqotmoqda. Tarixiy obidalar butunlay yangi binoga aylanmoqda.Afsuski ana shunday voqealardan biri 12-asrda qurilgan Shamunabi maqbarasida ham sodir boldi. Qoraqalpogistonlik tarix fanlari nomzodi, professional gid Oktabr Dospanovning sozlariga kora ushbu yil yozda qadimiy yodgorlik butunlay yoq qilingan va uning ornida yangi bino qurilgan, deyiladi xabarda.Bu 12-asrga taaluqli ajoyib maqbara edi. Arxeologlar tomonidan u 1964-yilda Nukus yaqini Mizdaxan maqbarasini qazish ishlari vaqtida topilgan edi. U takrorlanmas shaklga ega bolgan bino bolib, uning yetti qubbasi va ularda ornatilgan yetti darchasi bolib, ularning barchasi Makka tomoniga qartilgan edi. Maqbaraning ichidagi qabrlar ossuariyga, kirish darvozasi esa otov eshigiga oxshar edi. Ushbu yodgorlikda tort buyuk madaniyat va tort dinga xos bolgan belgilarni ajoyib tarzda ozida mujassamlashgan edi: nasroniylik, islom, buddizm va zoroastrizm. Bu avlodlar uchun asrlar uzra qoldirilgan ajoyib falsafa va toqatlilik ramzi edi, deydi Dospanov. Foto: Nuz.uzOldin ushbu maqbaraga turistlarni olib kelganimda ular qoyil qolib tahsinlar aytar edi. Endi bolsa uning ornida oddiy yangi qurilgan gisht bino turibdi xolos. Unda hech qanday tarix ham, siru-asror va afsona ham yoq. Endi hamkasabalarim bu yerga sayyohlarni olib kelishga uyaladi.Yodgorlikni qayta qurish ishlari bir yil oldin boshlangan edi. Odamlar hech qanday restavratsiya bolmasligini tushunib, mavzoley buzilishiga qarshilik korsatmoqchi bolganda bizga bir talay qogozlarni korsatishdi. Ushbu ruxsatnomalar Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan edi.Mahalliy aholi guvohligiga kora, Shamunabi maqbarasi buzilmasdan oldin juda yaxshi holatda bolgan. Faqat qubbalarning bazilari tamirtalab holda bolgan. Yodgorlik pishiq gishtdan qurilgani sababli yana ming yil turishi mumkin bolgan, deya sozlarini davom ettiradi Dospanov.Oktabr Dospanovning sozlariga kora, Qoraqalpogistonda yana bir necha yodgorliklar ana shunday uslubda qayta tamirlangan. Masalan Qizil-Qala qalasi. Quyidagi fotosuratlarda uning restavratsiyadan oldingi va keyingi holatini korishingiz mumkin. Foto: Nuz.uz.Qizil-Qala qalasi tamirlash ishlaridan oldin Foto: Nuz.uz.Qizil-Qala qalasi tamirlash ishlaridan songMuxbirning endi sayyohlarga ushbu joylar haqida nima aytib berayotgani haqidagi savolga, Dospanov uning bazi hamkasabalari yangi yodgorliklarni oz dasturlaridan chiqarib tashlaganlarini aytib berdi. Uning ozi bolsa, ataylab chiqarmaganini va sayyohlarga bu yerda oldin qanday yodgorlik bolganini va keyin nima bolganini aytib berayotganini xabar qildi. Dospanov aytishiga qaraganda sayyohlar bundan taajubga tushmoqda.Xosh bunda kim aybdor? Yodgorliklar yer bilan yakson qilinganidan song nima qilish mumkin? Faqat aybdorlarni jazolash, qolganlarini saqlab qolishga etibor berish...Ikkinchi tomondan Ozbekistonda hozir tajribali restavratorlar ham qolmadi. Masalan, Shamunabi yodgorligini kecha arxitektura oliygohini bitirgan bola va quruvchilar brigadasi bajargan edi.Achinarlisi shundaki, biz ong qolimiz bilan katta-katta dam olish maskanlari va mehmonxonalar qurib, vizalarni bekor qilib turistlarni jalb etishga harakat qilayotgan bir vaqtda, chap qolimiz bilan, restavratsiya niqobi ostida, tarixiy yodgorliklarni yer bilan yakson qilmoqdamiz. Xudo korsatmasin ushbu qol ertaga Registon, Ark yoki Tuproq-Qalaga yetib borsachi?, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0