Meksikadagi Oy piramidasi ostida narigi dunyoga yol topildi

Meksikalik arxeologlar Teotiuakandagi Oy piramidasi ostida yerosti tunnelini topdi. U dafn marosimlari uchun foydalanilgan bolishi mumkin. Bu haqda Mexico News Dailyga tayanib, Tengrinews xabar bermoqda. Foto: Reuters1980-yillardagi avvalgi qazish ishlarida olimlar bosh suyagi shakli ozgargan inson jasadi qoldiqlari, shuningdek, yashil toshdan turli artefaktlarni topgan. Shu sababdan bu kabi obyektlarni piramida ostidan ham topish mumkinligi taxmini yuzaga kelgan.Arxeologlar piramidani elektrotomografiya yordamida skanerlab, sakkiz metr chuqurlikda yerosti kamerasiga olib boruvchi 15 metr uzunlikdagi tunnelni topdi. Labirintlar olchami va avvalgi topilmalar bu joy ramziy manoga ega bolganligidan dalolat beradi.Olimlar fikricha, piramida ostida narigi dunyo ramzi joylashgan.Oy piramidasi eramizning 200450-yillari oraligida barpo etilgan. Qurilma zinasi Oliklar yoliga olib boradi, uning choqqisida esa Oy xudosi sharafiga diniy marosimlar uchun foydalanilgan maydoncha joylashgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0