Fotoreportaj: Toshkentdagi eng tekis yol

Xalq sozi onlayn muxbirlari Toshkentning Dostlik metro bekatidan Aviasozlar bozoriga olib boruvchi abgor yoldan fotoreportaj tayyorladi. Daryo uni toliq qayta elon qiladi. Foto: Hakim Yoldoshev / Xalq soziBunday joylar kop deya javob beradiganlar bisyor. Ulardan biri esa quyidagi joyni borib korishni tavsiya qildi. Toshkent shahridagi Dostlik(sobiq Chkalov) metro bekatidan Aviasozlar dehqon bozori (xalq tilida Kadishev) bozori tomon mashinada bordik, kordik, ishonch hosil qildik.Avtomobilda Mashinasozlar metro bekati yonidan otib borar ekanmiz, yolning kengligi va ravonligidan bahri-dilimiz ochildi. Haqiqiy shosse. Songra Dostlik metro bekatiga yetib keldik. Hammasi shundan song boshlandi. Yol tobora torayib borardi. Qarama-qarshi yonalishning har biriga bir polosadan yol berilgan. Ong chekkadagi olib tashlangan tramvay liniyasi hisobiga kengaytirilishi kerak bolgan joy hali epaqaga keltirilmagan. Bu esa avtomobil qatnoviga qoshimcha noqulaylik tugdiryapti. Shu tor yoldan avtomobillar tushlik arafasida shunchalik siqilib otyaptiki, endi ertalabki va kechki tigiz(pik) paytlardagi ahvolni tasavvur qilavering. Bunday paytda siqilishdan badtar bolishi aniq. Bu hali holva. Foto: Hakim Yoldoshev / Xalq soziDostlik metro bekatidan otib, mahalliy aholi Maxmur kocha deydigan ushbu hududdan otib boramiz. T shaklidagi chorrahaga (ongga burilsa, Kadishev bozori, chapga burilsa Muxtor Ashrafiy kochasi boylab Risoviy bozoriga borsa boladi) yetib bormasimizdan, yolning haqiqiy ahvoli namoyon boldi. Asfaltligi qolmagan asfalt yolning yuzidagi yara-chaqalar, chuqur-chuqur chandiqlarni korib, unga rahmimiz keldi. Bechoraning ustidan texnika emas, dinozavrlar bosib ketgan deysiz. Jala emas, tosh yoqqan deysiz. Lekin dinozavrlar qirilib ketganiga millionlab yillar boldi, tosh esa hech qachon yogmagan.Bunday joydan otgan mashina tugul, uning salonida otirganlarning ham ichi tokilib ketadi. Endi har kuni aynan shu yol orqali ishga, oqishga qatnaydigan haydovchiyu yolovchilarning asab tolalariyu organizmlarini, avtoulovlarning mexanizmlarini bir xayolingizga keltiring. Ularning holiga maymunlar emas, haligi dinozavrlar ham yiglab yuborsa ajab emas. Har sakraganda, buyraklariga qoshilib uning ichidagi toshlari(agar bolsa) ham uzilib tushsa kerak. Foto: Hakim Yoldoshev / Xalq soziXosh, bunday achinarli holat yuzaga kelganiga qancha boldi? Nega shahar, tuman hokimligi, masul tashkilot va idoralarning mutasaddilari jim? Buning oqibatlariga kimlar javob beradi? Shu mahallada yashayman, - deydi ozini Fayzulla Bekmurodov deb tanishtirgan hamyurtimiz. Bu yerda besh-olti yildan beri shunday ayanchli holat. Yomgir-qor yogib shu ahvolga tushib qoldi. Ertalablari, kechki paytlari juda tirband boladi. Yol azbaroyi ilma-teshik bolib ketganidan, hatto mashinalarning nomerlari ham tushib qolgan, haydovchilar esa qaytib kelib ularni qidirib yurgan paytlar ham kop uchrab turadi. Kechalari simyogochlardagi yolni yoritish moslamalari ishlamay qolsa, ana korasiz tomoshani. Chorrahaga yetmasdan, avtobus bekati bor. Uni bekat deb ham bolmaydi. Na bir butkasi bor, na bekat degan nomi. Yana u aynan ana shu uydim-chuydim oldida joylashgan. Avtobuslar, marshrutkalar toxtashi uchun juda noqulay. Hech bir mutasaddi kelib, shu muammolar bilan tanishib, hal qilamiz degan gapni eshitmadik. Foto: Hakim Yoldoshev / Xalq sozi Maxmur kochasida turamiz, deydi uzoq yillik ish stajiga ega bolgan haydovchi Abdukarim Bobojonov. Mana ikki yildan kop vaqt otdi hamki, yolimiz chatoq. Tamirlaymiz deyishadiyu lekin hech tamirlashmaydi. Hali unisi keladi qilamiz deb, hali bunisi keladi, ishdan esa darak yoq. Boshqa joylarni korib togrisi havasimiz keladi. Bizdagi ahvolga esa guvoh bolib turibsiz. Mashinada ham piyodalarga oxshab sakrab-sakrab yuramiz, hamma joy chuqurlik. Yogingarchilik paytida loyqa, balchiq atrofga sachrasa, yozda hammayoqni chang-tozon qoplaydi. Avtobuslar, marshrutkalar, yuk mashinalariga ayniqsa qiyin. Shu joylardan inqillab-sinqillab, qiynalib otadi. Bir qarasangiz, haydovchilar bir-birini sokkan, bir qarasangiz signal-bazm, gildiraklar yorilgan. Quloqlarimiz ham, kozlarimiz ham organib ketgan bularga. Xullas, Dostlikdan to shu yergacha shu ahvol. Qachon bunday noxushliklardan qutular ekanmiz, bilmayman. Foto: Hakim Yoldoshev / Xalq sozi Bugun yangi koprik va yangi metro qurilayotgani uchun kopchilik shu yoldan otishga majbur bolmoqda, deydi keksa yolovchi Iskandar Haydarov. Ustiga ustak, chapga burilganda, shlagbaum bor. Poyezd kelib qolishi bor, boshqa bor. Oglim nevaramni bogchaga olib boradi. Shu yoldan otadi. Shu paytda yurak hovuchlab otiraman. Ehtiyot bolib otsin-da, boshqa mashina bilan turtinib ketmasin-da, hech kim bilan urishib ketmasin-da deb xavotir olaman. Ertalablari yoldagi chuqurliklar yetmaganidek, haydovchilar ham bir-biriga yol beray demaydi. Piyodalar otish joyida piyodalarni umuman otkazishmaydi. Hamma qayoqqadir shoshgan. Bunday yolda shoshib boladimi? Shuning uchun katta nevaramni maktabga ozim olib boraman. Yoshi kattalar yoldan zorga otayotganda, yosh bolalar qanday otsin?! Maktabdan chiqadigan paytda borib olib kelaman. Lekin hamma oquvchilarni ham maktabga olib borib, olib kelishmaydi. Kopchiligi ozlari borib keladi. Yoldagi mana shu nuqsonlar hal bolsa, tekislansa, ana u yirtiqlarga yamoqlar qoyilsa, kerakli yol belgilari qoyilsa, haydovchilar ham, piyodalar ham yol qoidalariga rioya qiladi. Ota-onalar ham farzandlarining maktabga borib kelishidan kongli xotirjam boladi. Shahrimizdagi boshqa ravon yollar singari bu yol ham tez orada risoladagidek bolib qolishidan umidvormiz. Foto: Hakim Yoldoshev / Xalq sozi Mana, korib turibsiz, avtobusimiz bus-butun, soppa-sog, - deydi yonalishli avtobus haydovchilaridan biri Gulomjon aka hazillashib. Ertalab va kechki payt salon yolovchilar bilan liq toladi. Shunday paytda mana bu uydim-chuqurlardan chumoli yurish qilib otamiz. Shundayam ichkari yer qimirlagandek silkinib-silkinib tushadi. Yonalishimizning eng ogriqli nuqtasi shu desam adashmayman. Deyarli boshqa barcha yollardan yaxshi bolgani uchun konglimiz xotirjam otadi. Shu joyga kelganda esa, xafsalamiz pir bolgani-bolgan. Yolovchilar-ku konikib ketgan, lekin shu joyga kelganda avtobusimizga ichim achiydi. Kim bilsin, balki u ham konikib ketgandir. Foto: Hakim Yoldoshev / Xalq sozi Qirq yildan beri mashina haydayman, deydi yana bir haydovchi Alisher Teshaboyev. Shukr, yurtimizning kop joylarida bolgani kabi Toshkentda ham kop qurilishlar bolmoqda. Yollarimiz oldingi davrlarga nisbatan ancha tekis, ravonlashib qoldi. Togri, muammolar yoq emas. Ularga ham asta-sekin yechim topsa boladi. Lekin mana shu joyni zudlik bilan togrilamasa, bolmaydi. Biz-ku mayli, agar biror chet ellik turist shu joydan otib qolsa bormi, yoldagi ana shu teshiklardan har silkinib otganida, olgan hamma yaxshi taassurotlari ham tokilib ketishi aniq.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0