Qirgiziston 10 bolaning onasi bolgan uch qirgiz ayolini Iroqdagi qatldan saqlab qolishga harakat qilmoqda

Qirgiziston Tashqi ishlar vazirligi jami 10 nafar farzandi bor qirgizistonlik uch ayolni Iroq qamoqxonasidan vatanga qaytarish masalasini hal qilish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda. Foto: SputnikAvvalroq rossiyalik senator Ziyod Sabsabiy Bagdoddagi ayollar qamoqxonasidagi olimga hukm qilinishi mumkin bolgan ayollar orasida qirgiziston uch ayol ham borligi, ularning 10 nafar yosh bolasi borligini malum qilgandi.Ular IShID terrorchilik tashkiloti safiga qoshilgan erlari tomonidan Yaqin Sharqqa olib ketilgan va ularning olimidan song taqdir hukmiga tashlab qoyilgan. Qirgiziston prezidenti Soronboy Jeenbekov RIA Novostiga bergan intervyusida bu vaziyatnin nazoratga olishini bildirgan edi.Tashqi ishlar vazirligi hozirda ushbu masala ustida ishlamoqda, biroq uning ham Iroqdagi imkoniyatlari juda cheklangan. Vazirlik ishni hamkor-davlatlar bilan birga tashkil etishga urinmoqda. Jahonning ayrim hududlari boyicha Rossiya, Qozogiston bilan kelishuvlarimiz bor, osha yerlarda ularning elchixonalari Qirgiziston nomidan ish korishi mumkin. Hozir TIV shu bilan shugullanyapti, dedi Qirgiziston ombudsmeni Tokon Mamitov.Iroq tomoni bu uch ayol haqida Bishkekka rasman hech qanday malumot bermagan. Ular bizning fuqarolarimiz ekani haqida 100 foizlik axborot yoq, chunki bu mamlakat rasman bizga murojaat qilgani yoq. Ularning familiyasi qanday, qayerda tugilgan, nimada ayblanayotgani bizga aytilgani yoq. Biz boshqa kanallar orqali axborot olyapmiz, dedi ombudsmen.Mamitovning qoshimcha qilishicha, taxminiy malumotlarga kora, bu ayollar chegarani noqonuniy kesib otish, shuningdek, terrorchilik tuzilmalariga aloqadorlikda ayblanmoqda. Bu juda jiddiy ayblovlar. Shunga qaramay, hukumat bu borada ish olib boryapti, deb qoshimcha qildi Qirgiziston ombudsmeni Tokon Mamitov.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0