Krishtianu Ronaldu Instagram’ni ham zabt etdi

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagram’ning eng mashhur foydalanuvchisiga aylandi. Bu haqda BleacherReport xabar berdi. Foto: TwitterEndilikda Ronalduning Instagram’dagi rasmiy sahifasida obunachilar soni 144 million 300 mingdan ortiq kishini tashkil etmoqda. Krishtianu bu orqali Instagram’ning obunachilar bo‘yicha avvalgi peshqadami amerikalik qo‘shiqchi Selena Gomesni ortda qoldirdi. Selenani 144 million obunachisi mavjud.Ma’lumot uchun, Ronaldu yozgi transferlar vaqtida “Real”ni tark etib, “Yuventus”ga o‘tdi. Uning hisobida hozirda A Seriyada urilgan 7 ta gol va 5 ta golli uzatma mavjud.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0