Huawei kompaniyasi Honor Magic 2 slayderining tavsiflarini ma’lum qildi

Tarmoqda hozircha Huawei TNY-AL00 kodli nomi bilan atalayotgan Honor Magic 2 slayderining tavsiflari paydo bo‘ldi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”. Foto: “Korrespondent.net”Qurilma Kirin 980 protsessori va 8 gigabaytli tezkor xotiraga ega bo‘lgan. Uning ekrani diagonali 6,4 dyuymli, doimiy xotirasi hajmi esa 128 gigabaytni tashkil qiladi.Batareyasining sig‘imi 3400 milliamperni tashkil qiladi. Qurilmaning taqdimoti 31-oktabrda bo‘lib o‘tadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0