Togli Badaxshondagi jinoiy todalarning rahbarlari Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashmoqchi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon sentyabr oyi ortalarida Togli Badaxshon muxtor viloyatiga tashrifi vaqtida hududdagi jinoyatchilik darajasidan gazabga tushgan edi, shundan song mahalliy mamuriyat hududning norasmiy yetti yetakchisidan jinoyatlarga barham berishni soragan edi. Sputnikning yozishicha, endi bu norasmiy yetakchilar Emomali Rahmon bilan uchrashmoqchi. Foto: SputnikTojikiston davlat rahbari bilan uchrashish istagini tort badaxshonlik Tolib Ayombekov, Yodgor Mamadaslomov, Munavvar Shanbiyev va Zoir Rajabov bildirgan. Ular buning uchun ataylab Xorogdan Dushanbega kelgan. Qayd etishlaricha, Togli Badaxshon rasmiylari hudud kriminal yetakchilarining Tojikiston poytaxtiga safaridan boxabar.Ular prezizdent bilan uchrashmoqchi, Xorogdagi ularning nazaridagi real vaziyat haqida davlat rahbari bilan gaplashmoqchi, dedi Togli Badaxshon muxtor viloyati raisi matbuot kotibi Golib Niyatbekov. OAV malumotlariga kora, Dushanbega kelgan erkaklar ularni uyushgan jinoiy guruhlarning rahbarlari va kriminal yetakchilar deb hisoblashlariga rozi emas. Norasmiy yetakchilar ozlarining uyushgan jinoyatchilikka aloqador emasligini isbotlash niyatida.Avvalroq Tojikiston hukumati Togli Badaxshonning norasmiy yetakchilaridan jinoyatchilikka barham berishni talab qilgan, aks holda ularni jazo kutayotganini bildirgan edi. Ogohlantirish 22-oktabr kuni Togli Badaxshonning yetti kriminal yetakchisi Tolib Ayombekov, Mamadbokir Mamadbokirov, Yodgor Mamadaslomov, Xursand Mazorov, Munavvar Shanbiyev, Zoir Rajabov va Amriddin Alovatshoyevga topshirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0