GM Uzbekistan Rossiyadagi avtosalonlarga yana avtomobil yetkazib bera boshladi. Ravonlarning narxi ikki barobarga oshishi mumkin

GM Uzbekistan Rossiyadagi avtosalonlarga yana avtomobil yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Rossiyskaya gazeta xabar bermoqda. Foto: TUT.byXabar berishlaricha, Ufadagi avtosalonlarga haqiqatan ham Ozbekistondan mashinalar yetkazib berilgan, lekin ular hali sotuvga chiqarilgani yoq. Narxlar hali tasdiqlanganicha yoq, shu bois ularni hozircha sotib olish imkoni yoq, dedi Ufadagi avtosalon menejeri.Narxlar esa salkam ikki barobarga oshishi kutilmoqda Rossiyadagi sotuvlari toxtab qolishidan avval Ravon R3 (Nexia) va Ravon R4 (Cobalt) mos ravishda 579 ming va 629 ming rubldan sotilgan bolsa, endi ularning narxi milliondan oshishi R3 kamida 1 000 050 rubldan, R4 esa 1 089 000 rubldan sotilishi kutilmoqda.Rossiyskaya gazetaning yozishicha, agar narxlar haqiqatan ham shunday bolsa, u holda Ravon byudjet avtomobillar toifasidan chiqib ketadi, bunday yuqori narx bilan xaridorlarga avvalgidek qiziqarli bolishi ham soroq ostida. Dilerlarning bir qismi esa bunday hamkorlikning istiqboli yoqligini tushunib, Ozbekiston kompaniyasi bilan ishlashdan bosh tortishi ham mumkin, deb yozadi Rossiya hukumati nashri.Malumot uchun, GM Uzbekistan 2018-yilning iyun, iyul, avgust va sentyabr oylarida Rossiyada birorta ham avtomobil sotmadi. Bunga narxlar qayta korib chiqilayotgani sabab sotuvlar toxtatib qoyilgani sabab boldi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0