Samarqand tungi klublarida reydlar otkazildi

Samarqand shahridagi Remiks tungi klubida 2002-yilda tugilgan, Samarqand tumani Konigil mahallasida yashovchi, Samarqand tumanidagi maktabning 9-sinf oquvchisi, voyaga yetmagan N.D. spirtli ichimliklarni istemol qilib otirganligi aniqlangan. Bu haqda Daryo muxbiri Farhod Norbotayev malum qildi. Foto: Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashiOrganishlar jarayonida N.D.ning ota-onasi 2016-yilda ishlash uchun Rossiyaga ketgani aniqlangan. Voyaga yetmagan N.D.ni nazoratsiz qoldirgani uchun uning bobosiga nisbatan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, chora korish uchun Samarqand tumani hokimligi huziridagi voyaga yetmaganlar ishlari boyicha idoralararo komissiyasiga yuborilgan.Shuningdek, N.D.ni tungi klubga olib kelgan, 1995-yilda tugilgan, Samarqand shahar 2531 sonli avtokorxonasi 1-yonalish avtobus haydovchisi A.B.ga nisbatan voyaga yetmagan shaxsni gayriijtimoiy hatti-harakatlarga jalb qilganligi uchun Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 188-moddasiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.Mazkur holat boyicha Remiks tungi klubning ish boshqaruvchisi, 1992-yilda tugilgan X.Sh.ga nisbatan voyaga yetmagan shaxsni tungi klubda bolishiga yol quyganligi uchun Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 188-2-moddasiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.Reyd davomida Remiks tungi klubda 4 nafar shaxslar belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan oyinchilik faoliyati bilan shugullanib yurganligi ham aniqlangan. Xususan, 1999-yilda tugilgan Ya.S. va J.K., 1997-yilda tugilgan B.P., 1985-yilda tugilgan B.G. hamda tungi klubda belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan didjey faoliyati bilan shugullanib kelgan 1994-yilda tugilgan N.U.ga nisbatan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 165-moddasiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.Samarqand shahridagi Ligrand tungi klubi tekshirilganda ushbu tungi klubda 7-nafar shaxslar belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan oyinchilik faoliyati bilan shugulanib yurganligi aniqlangan. Xususan, 1998-yilda tugilgan Ch.N., 1994-yilda tugilgan B.D. va F.N., 1985-yilda tugilgan T.G., 1989-yilda tugilgan A.N., 1986-yilda tugilgan Ch.V. va 1988-yilda tugilga Ch.E.ga nisbatan Ozbekkonsert davlat muassasasi viloyat bolimi tomonidan tegishli xulosalar berilib, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 165-moddasiga asosan tegishli choralar korilmoqda.Tadbir davomida olti nafar fuqaroga nisbatan jamoat joyda spirtli ichimliklar istemol qilganliklari uchun mamuriy bayonnomalar tuzilgan.Organish jarayonida Samarqand shahridagi Gegobayt kompyuter oyinxonasida voyaga yetmagan, 2000-yilda tugilgan, Samarqand turizm kasb-hunar kollej oquvchisi M.T. kompyuter oynab otirganligi aniqlangan.Mazkur holat boyicha Gegobayt kompyuter oyinxonasining ish boshqaruvchisi, 1988-yilda togilgan Sh.M.ga nisbatan tungi vaqtda voyaga yetmagan shaxsni kompyuter oyinlari xonasida bolishiga yol quyganligi uchun Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 188-2-moddasiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.Voyaga yetmagan M.T. onasi M.Ye. oz farzandini tungi vaqtda qarovsiz va nazoratsiz qoldirganligi sababli Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismiga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, chora korish uchun Samarqand shahar hokimligi xuziridagi voyaga yetmaganlar ishlari boyicha idoralararo komissiyasiga yuborilgan.Shuningdek, Samarqand shahridagi Safron tungi klubida otkazilgan reyd davomida 1998-yilda togilgan, Samarqand chet tillar institutining 1-bosqich talabasi T.A., 2000-yilda tugilgan, vaqtinchalik ishsiz, A.A., 1999-yilda tugilgan, Samarqand davlat universitetining 1-bosqich talabasi X.M., 1999-yilda tugilgan, vaqtinchalik ishsiz A.J. belgilangan vaqtdan otgan bolsa-da tungi klubda yurganligi aniqlangan.Otkazilgan nazorat tadbirlari davomida yuqoridagi maskanlarning birortasi sanitariya holatiga javob bermasligi aniqlangan. Xususan, Safron tungi klubida xodimlar maxsus ish kiyimlarisiz faoliyat yuritib, oshxona sanitariya talablariga javob bermaydi. Ligrand tungi klubining oshxonasi antisanitariya holatida, soat 23:00 dan keyin faoliyat olib borishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmagan. Shunday bolishiga qaramasdan kop sonli yosh qizlarni norasmiy ishga qabul qilgan. Remiks tungi klubi tegishli hujjatlarni taqdim qila olmadi.Soliq organlari tomonidan tegishli nazorat ishlari tashkil etilmaganligi natijasida bazi bir tadbirkorlar tomonidan ozboshimchalik qilish, mensimaslik, noqonuniy faoliyat yuritish holatlari yuzaga kelmoqda.Otkazilgan reyd davomida Remiks tungi klubi ishchilari tomonidan ishchi guruhining faoliyatiga tasir otkazish maqsadida qarshilik korsatish holatlari yuzaga keldi. Ushbu maskanlarga tashrif buyurayotgan mijozlar oshxonalardagi sanitariya holati bilan biror marotaba qiziqib kormagan. Bundan-da achinarlisi, ota-onalar voyaga yetmagan farzandlarining kunduzi internet-klublarda, kechasi tungi klublarda maqsadsiz daydib, alkogol va tamaki istemol qilib yurganligidan, afsuski, xabari yoq, deydi Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi bosh mutaxassisi Gofurjon Bobobekov.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0