Ozbekistonda ilk bor robototexnika musobaqasi bolib otdi

Ozbekistonda ilk bor Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va Yoshlar ittifoqi tomonidan InnoWeek haftaligi doirasida Xalqaro robototexnika musobaqasi (International Robotics Challenge) bolib otdi. Bu haqda Daryoga vazirlik matbuot xizmati xabar qildi. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligiUnda 6 mamlakatdan kelgan 24 ta xorijiy jamoa va 40 ta mahalliy jamoa, jami 200 ga yaqin ishtirokchisi ozaro bellashdi.Musobaqada qatnashish uchun arizalar shu yilning 25-sentyabridan 10 oktyabrigacha onlayn qabul qilindi. 15 kun davomida kelib tushgan 200 dan ortiq onlayn ariza orasidan Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Afgoniston, AQSh va Rossiyadan ishtirok etish istagini bildirgan 70 nafar yosh va mutaxassis saralab olindi. Bundan tashqari, Robokidz robototexnika maktabi, Artel texnika maktabi, Polito School NTM, TIE School NTM hamda Turin politexnika universitetidan 30 ga yaqin jamoa Ozbekiston nomidan qatnashdi.Xalqaro robototexnika musobaqasida 9 yoshdan 16 yoshgacha va 16 yoshdan 25 yoshgacha bolgan yosh guruhlari orasida 6 ta toifa boyicha bellashuvlar olib borildi.Butun dunyoda mashhur bolgan Sumo musobaqalaridan tashqari, ikkala yosh guruhida mahalliy konstruktorlardan yasaladigan robotlar orasida ham bellashuvlar olib borildi. 16 yoshgacha bolgan ishtirokchilar IntTech korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan JuniorE konstruktorlarida bellashgan bolsa, katta yoshdagi ishtirokchilar Avtosanoat innovatsiya markazi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Technobot konstruktorlarida oz mahoratlarini sinab kordi.Musobaqada umumjamoa hisobida Ozbekiston jamoasi galaba qozondi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0