IBM kompaniya tarixidagi eng yirik xarid bo‘yicha kelishuvga erishdi

Amerikaning International Business Machines Corporation (IBM) kompaniyasi Red Hat dasturiy ta’minoti ishlab chiqaruvchisini taxminan 33 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Foto: “Korrespondent.net”Mazkur xarid IBM tarixidagi eng yirigi bo‘ladi.Kompaniya Red Hat’ning har bir aksiyasi uchun 190 dollardan to‘laydi. Kompaniya xaridni o‘zining bo‘sh mablag‘lari va qarz majburiyatlari hisobiga moliyalashtirishni rejalashtirmoqda.Ikki kompaniyaning direktorlar kengashi tomonidan ma’qullangan oldi-sotdini 2019-yilning ikkinchi yarmida yakunlash rejalashtirilmoqda.IBM’ning kapitalizatsiyasi so‘nggi bir yil ichida 19 foizga qisqargan va 114 milliard dollarni tashkil qilgan. 2018-yilda kompaniyaning daromadi 79,75 milliard dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0