Abdulla Aripov ariq ichidagi oltovlon voqeasi haqida: Men uchun bu juda noqulay va uyatli holat

Bugun, 29-oktabr kuni Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigiga asosan Vazirlar Mahkamasida majburiy mehnatga yol qoymaslik va uning har qanday korinishiga barham berish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi. Bu haqda Daryo muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi. Foto: Gazeta.uzQator vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, xalqaro mehnat tashkiloti vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan yigilishda otgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan Toshkent viloyatining Oqqorgon tumanida bugdoyni sugormagani uchun olti kishining suv oqib turgan ariqqa kiyimi bilan tushirilgani bilan bogliq masala muhokama qilindi.Shaxsan men uchun bu juda noqulay va uyatli holat. Chunki mening orinbosarim prezidentimiz olib borayotgan siyosatga qarshi ish qildi. Mana shu holat 25-oktabr kuni yuz bergan bolsa, yurtboshimiz Zoyir Mirzayevni ishdan boshatish haqidagi qarorni 27-oktabrda qabul qildi. Biroq konstitutsiyaga muvofiq, shanba va yakshanba kunlari hech qanday qaror va farmonlar qabul qilinmaydi. Shuning uchun biz bu qarorni bugun elon qildik.Mirzayev bosh vazir orinbosarligiga kochadan kelib qolgan emas. U uzoq yillar Samarqand viloyatining Jomboy tumani hokimi, keyinroq respublikadagi eng salmoqli viloyatlardan biri Samarqand viloyati hokimi, keyinchalik qishloq va suv xojaligi vaziri bolib faoliyat yuritgan.Shuncha xalqqa xizmat qilgan, davlat tashkilotlarida mehnat qilgan bolsa-da, Prezidentimiz uni bu qilmishi uchun kechirmadi. Qonun barchaga barobar, jazo muqarrar, deb aytdilar.Majburiy mehnat yuzasidan bizga kelib tushayotgan barcha murojaatlar hududlarga borib, organilmoqda. Mehnat qonunchiligini buzgan, majburiy mehnatga yol qoygan qator tumanlar hokimlar oz lavozimidan ozod etildi. Koplab viloyatlar hokimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qollanildi, dedi Abdulla Aripov.Majlisda qayd etilishicha, Oqqorgondagi holatga guvoh bolgan Toshkent viloyati prokurori orinbosari, viloyat hokimi orinbosari va boshqa mansabdor shaxslar oz lavozimidan ozod etilgan. Shuningdek, Bosh prokuratura ham ushbu holati qonun doirasida qattiq nazoratga olgan.Videoselektor yigilishida bugun, 29-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari rahbarlarining majburiy mehnatga yol qoymaslik va uning har qanday korinishlariga barham berish boyicha masuliyatini oshirish togrisidagi farmonga imzo chekkaniga alohida etibor qaratildi. Ushbu farmon bilan otgan haftada Oqqorgon tumanida roy bergan, jamoatchilik ortasida keng muhokama etilgan masalaga Prezident oz munosabatini bildirdi.Men hukumatda 10 yil, bosh vazir sifatida 2 yildan beri faoliyat yuritayotgan bolsam, shu paytga qadar bunday farmon qabul qilinganini bilmayman. Davlat rahbari majburiy mehnatga qarshi kurashishni davlat siyosati darajasiga kotardi, dedi Abdulla Aripov.Farmon bilan Ozbekiston bosh prokuroriga qishloq xojaligi sohasida ishni tashkil etish boyicha yol qoyilgan qopol qonunbuzilishlarni har tomonlama organish boyicha topshiriq berilgan.Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga, Bosh prokuraturaga, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga majburiy mehnatga yol qoymaslik va uning har qanday korinishlariga barham berish yuzasidan samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni toliq amalga oshirish vazifalari topshirilgan.Majlisda Ozbekistonda inson huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi, majburiy mehnatning har qanday korinishlariga yol qoymaslik masalalari Prezidentning shaxsan nazoratida ekani, inson huquqlarini poymol etishga, majburiy mehnatga yol qoyishga hech kimning haqi yoqligi, bunday holatlarda kim bolishidan qati nazar, har qanday mansabdor shaxs muqarrar jazoga tortilishi, qonun ustuvorligini taminlash, noqonuniy xatti-harakatlar uchun jazo muqarrarligi prinsipiga qatiy amal qilinishi alohida takidlab otildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0