Markaziy Osiyo ekspertlar forumining birinchi majlisi bolib otdi

Toshkentda 29-oktabr kuni Markaziy Osiyo ekspertlar forumining birinchi majlisi oz ishini boshladi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: OzAAnjuman Ozbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boyicha mintaqaviy markazi hamkorligida tashkil etildi.Unda Ozbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori V.Norov, Ozbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri orinbosari D.Ahatov, Qozogiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozogiston strategik tadqiqotlar instituti direktori Z.Shaukenova, Qirgiziston Respublikasi strategik tadqiqotlar milliy instituti direktori K.Shadibekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi direktori X.Xoliqnazar, Turkmaniston Moliya va iqtisodiyot vazirligining Strategik va barqaror rivojlanish instituti direktori O.Ashirov, shuningdek, BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boyicha mintaqaviy markazi rahbari N.German ishtirok etdi.Muloqot chogida Markaziy Osiyo davlatlari ortasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.Majlisda songgi ikki yil mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish boyicha tarixiy va jadal ozgarishlar davri bolgani, Markaziy Osiyo davlatlari ortasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda aniq maqsadli strategik sheriklik munosabatlari qaror topgani takidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yil 15 mart kuni Qozogiston poytaxti Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etilgani bunda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0