O‘zbekistonlik harbiylar murakkab tog‘ sharoitida shartli yaradorlarni qutqarish mashg‘ulotini o‘tkazdi

Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari Baxmal tumanida joylashgan tog‘li hududda murakkab amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiDengiz sathidan 3000 metr balandlikda o‘tkazilgan mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarda tez o‘zgaruvchan harorat, tuman va bulutli havo, kislorod siyrak bo‘lgan sharoitlarda harakatlana olishlarida ko‘nikma hosil qiladi.Mashg‘ulot davomida tik qoyali joylarda yaralanganlarni evakuatsiya qilish, tog‘ tabiiy to‘siqlarini yengib o‘tish va o‘quv jangovar vazifalar muvaffaqiyatli bajarildi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiTog‘li hududlardagi jangovar harakatlar asosan dovonlarni, tepalik va o‘tish yo‘llarini egallab turish, qo‘shin kolonnalarini olib o‘tish uchun imkoniyat yaratishga qaratiladi. Bu harakatlarda ko‘p sonli qo‘shin emas, aksincha, kichik guruhlar qo‘llaniladi.“Shu kunlarda qishki mashqlarga tayyorgarlik ko‘ryap­miz. Qor va izg‘irin ayozda yashovchanlikni oshirish bo‘yicha mashqlarni o‘tkazishni rejalashtiryapmiz. Barcha zarur anjomlar bilan mana shu tog‘larga chiqib, bir sutkalik mashg‘ulotlarni guruhlar miqyosida musobaqa tarzida tashkillashtirishni ko‘zda tutganmiz”, – deydi serjant Alisher Kattaqulov. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiHarbiy qism qo‘mondonligi ta’kidlashicha, shaxsiy tarkibning mashg‘ulotlari bir-birini takrorlamaydigan, aksincha, bir-birini to‘ldiradigan yangi usullarda o‘tkazilmoqda. Bunda tog‘ sharoitlarida bo‘linmadan ajralgan holda mustaqil harakat qilish va shu orqali harbiy xizmatchining bardoshi va irodasini chiniqtirish nazarda tutilmoqda. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0