Ozbekiston delegatsiyasi Venetsiya komissiyasining 116-yalpi yigilishida ishtirok etdi

Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi taklifiga binoan Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M. Abdusalomov, Prezident administratsiyasining sektor mudiri U. Shermatovlardan iborat tarkibdagi mamlakatimiz delegatsiyasi joriy yilning 19-20-oktabr kunlari Italiyaning Venetsiya shahrida bolib otgan Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa Komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) ning 116-yalpi yigilishida ishtirok etdi. Bu haqdaMarkaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Google ImagesVenetsiya komissiyasi oz tarixining 25 yildan ziyodroq davrida huquq ustuvorligini taminlash sohasida xalqaro hamjamiyat say-harakatlarini birlashtiruvchi markazga aylandi. Hozirgi kunda u Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi bilan xususan, saylov huquqi sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Ozbekiston Venetsiya komissiyasi va YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boyicha byurosi bilan hamkorlikka alohida ahamiyat berib kelmoqda.116-yalpi yigilish ishida Venetsiya komissiyasi Prezidenti va azolari, Yevropa Kengashi tasis organlarining rahbarlari, Komissiya tomonidan huquqiy hujjatlari boyicha xulosalar qabul qilingan Albaniya, Qozogiston, Moldova Respublikasi, Marokash, Ruminiya, Tunis kabi bir qator mamlakatlarning hukumat vakillari, vazirlar va masul xodimlari, shuningdek YeXHT DIIHB ekspertlari ishtirok etdi.Venetsiya komissiyasining yalpi yigilishi davomida M.Abdusalomov Ozbekiston Respublikasi Saylov kodeksi loyihasini ishlab chiqish jarayoni togrisida malumot berdi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida Ozbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi qoyilganligi, shuningdek 20172021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taminlash yuzasidan saylov qonunchiligini takomillashtirish va unifikatsiyalash maqsadida ushbu loyiha tayyorlanganligi takidlandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0