Toshkentda Ozbekiston hamda Xitoy ishbilarmon doiralari uchrashuvi bolib otdi

Bugun, 29-oktabr sanasida Ozbekiston Savdo-sanoat palatasida Xitoyning Xubey provinsiyasi tijorat boyicha departamenti direktorining orinbosari Yuan Yasze rahbarligidagi ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv bolib otdi, debyozadiOzA. Foto: OzABiznes biznes uchun formatida otkazilgan uchrashuvda Xitoyning avtomobil shosselari, temir yol liniyalari, kopriklar, ishlab chiqarish majmualari uchun kop qavatli binolarni barpo etishga ixtisoslashgan qurilish sohasi ishbilarmonlari ishtirok etdi.Uchrashuvda xitoylik mehmonlar Ozbekistonning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari, tadbirkorlikka keng yol ochish yolidagi shiddatli islohotlar bilan tanishtirildi.Tadbirdan kozlangan asosiy maqsad ham xitoylik ishbilarmon doiralarni Ozbekistonning turli hududlaridagi investitsion loyihalarga kengroq jalb etish, qurilish-montaj ishlari va infratuzilma obyektlarini barpo etishga ixtisoslashgan ozbekistonlik hamkorlar bilan ishbilarmonlik munosabatlarini ornatishga sharoitlar yaratishdan iborat edi, deyiladi xabarda.Biznes uchrashuv yakunida ikki mamlakat ortasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid hamkorlik memorandumi imzolandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0