Ismatilla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Hirotda Afgoniston boyicha konferensiyada ishtirok etmoqda

26-27-oktabr kunlari Ozbekiston Prezidentining Afgoniston boyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev boshchiligidagi delegatsiya Hirot shahrida bolib otgan Afgoniston inqirozi: sabablar va yechimlar mavzusidagi 7-xalqaro konferensiya ishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda. Foto: Kun.uz25 dan ortiq davlatning rasmiy shaxslari, siyosatshunoslari va tahlilchilari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari Afgoniston Islom Respublikasidagi joriy holatni, uzoq muddatli tinchlikni taminlash uchun mintaqaviy say-harakatlarni va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini qayta tiklash doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.Forum qatnashchilarining nutqlarida 2018-yilning mart oyida bolib otgan Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasi yakunlariga, afgon muaamosini siyosiy bartaraf etish borasida dunyo hamjamiyati say-harakatlarini birlashtirishdagi uning roliga, Afgonistonda talimni qollab-quvvatlash Xalqaro fondini tashkil etish boyicha Ozbekiston Prezidenti tashabbusiga, mamlakatimizning afgon xalqiga iqtisodiy komagining amaliy natijalariga alohida etibor qaratildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0