Ozbekiston Rossiya yoshlar festivalining birinchi kuni qanday otdi? (foto)

Toshkent shahrida Ozbekiston Rossiya yoshlar festivali boshlandi, deb xabar beradi Ozbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati. Foto: Ozbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati1-noyabrga qadar Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida davom etadigan mazkur tadbirga Rossiya Federatsiyasidan 82 kishilik delegatsiya tashrif buyurdi.Tashrifning dastlabki kuni festivalning rasmiy ochilish marosimi, Ozbekiston yoshlar ittifoqi rahbariyatining delegatsiya tarkibidagi rasmiy doira vakillari bilan uchrashuvi bolib otdi. Shundan song, mehmonlar Toshkent shahri boylab ekskursiya, jumladan, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Hazrati Imom majmuasiga sayohat qildi. Foto: Ozbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmatiBizda 2016-yilda Qozon Federal universiteti bitiruvchilari tomonidan texnologik loyiha amalga oshirilgan bolib, bu loyiha 2017-yildan boshlab Shveysariya va Kanadaning sarmoyadorlari tomonidan qollab-quvvatlangan. Ushbu Govermedia Plyus loyihasi kichik va orta tadbirkorlikni qollab-quvvatlovchi biznes hamjamiyati ekosistemasi hisoblanadi. Ekosistema barcha tadbirkorlar uchun xodimlarni topishda, sarmoyalarini tadbirkorlikka jalb qilmoqchi bolgan ishbilarmonlarga komaklashishda, oz loyihalarini royxatga olish va takomillashtirishni istaganlarga imkoniyat yaratishda tayanch vazifasini bajaruvchi ijtimoiy tarmoqdir. Biz aynan shu tajribalarimizni siz bilan bolishmoqchimiz, deydi Rossiya delegatsiyasi azosi, Govermedia Plyus Xalqaro kompaniyasining yuridik bolimi boshligi Regina Vlasova. Foto: Ozbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmatiFestivalning ochilish marosimida Ozbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev va Rossiya yoshlar ittifoqi raisi orinbosari Tatyana Seliverstova sozga chiqib, tadbir ishtirokchilarini qutladi. Marosim dasturidan Ozbekiston va Rossiya yoshlar ittifoqlari faoliyatiga bagishlangan roliklar namoyishi, yosh sanat ustalari va ijodiy guruhlarning chiqishlari orin oldi.Festivalning ikkinchi kuni Birinchi Ozbekiston - Rossiya yoshlar biznes forumi bolib otadi. Foto: Ozbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati Foto: Ozbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmatiBundan tashqari, festival dasturidanOzbekiston Respublikasi hamda Rossiya Federatsiyasi orasida turistik oqimni kengaytirishda yoshlarning roli mavzusida amaliy konferensiya, Yoshlar media makonining zamonaviy trendlari mavzusida yoshjurnalist va blogerlar kongressi, Yoshlar press-klubining sessiyasi hamda Samarqand va Buxoroga sayohatlar orin olgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0