Huawei va Audi hamkorlikda aqlli avtomobillar uchun yechimlar ishlab chiqadi

Huawei va Audi kompaniyalari HUAWEI CONNECT 2018 konferensiyasi doirasida ulangan aqlli avtomobillar (ICV) sohasida kelgusi hamkorlik rejalarini malum qilib, ushbu inqilobiy texnologiyaning imkoniyatlarini amalda namoyish qilish uchun yangi Audi Q7 modelini taqdim etishdi.Hozirda biz yuqori darajada avtomatlashgan haydovchisiz ulovning ishlash xususiyatlari, shuningdek, transport vositasi va infratuzilma ortasida ishonchli aloqani taminlaydigan tarmoqlarni takomillashtirish ustida bosh qotirmoqdamiz. Biz Huawei bilan hamkorlikni kuchaytirish istagidamiz, chunki bundan ham kompaniyalar, ham istemolchilar manfaat koradi, deydi Audi China R&D ijrochi direktori Saad Mets (Saad Metz).Avtomobillar kundan-kunga aqlli bolib bormoqda va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bu yonalishda yanada muhim ahamiyat kasb etyapti. Jahondagi eng ilgor premium brendlardan biri hisoblangan Audi kompaniyasi bilan ozaro hamkorlikda avtomatik boshqaruv tizimini sezilarli darajada rivojlantirishga oz hissamizni qoshishga ishonchimiz komil. Yaqin kelajakda dunyoning barcha hududlarida odamlar xavfsiz, qulay, aqlli va pilotsiz qurilmalardan foydalanishi mumkin boladi, deb qoshimcha qildi Huawei kompaniyasining boshqaruv kengashi raisi va strategik marketing boyicha direktori Vilyam Syuy (William Xu).Shahar sharoitida avtomatlashgan boshqaruvni taminlash uchun Huawei Mobile Data Center (MDC) malumotlar markazi Audi Q7 bilan integratsiyalangan. Ushbu prototip HUAWEI CONNECT 2018 konferensiyasida ommaga tanishtirildi.Bundan bir necha oy avval, 2018-yilning 10-iyul sanasida Berlin shahrida Huawei va Audi kompaniyalari intellektual ulangan avtomobillarni ishlab chiqish maqsadida strategik hamkorlik togrisidagi memorandumni imzolashgan edi. Hamkorlikning yangi bosqichi ushbu ikki brendning umumiy strategiyasini amalga tatbiq etishda kuchli turtki bolib xizmat qilmoqda.Reklama huquqi asosida

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0