Berlinda boladigan anjumanda eng innovatsion taqdimotlar namoyish etiladi

Joriy yilning 10-noyabr kuni Ozbekiston Yoshlar ittifoqi qoshidagi Ozbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Ozbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi va Germaniyadagi Nihol ozbek-olmon ilmiy-madaniy jamiyati tashabbusi bilan Berlin shahrida Xorijiy innovatsion goyalar va texnologiyalar hamda ularni Ozbekistonda tadbiq qilish istiqbollari mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bolib otishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ozbekiston Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Google ImagesMazkur ilmiy-amaliy anjumandan maqsad, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish boyicha Germaniyaning ilgor tajribasini organish va Ozbekistonda amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish, Germaniya hamda qoshni Yevropa davlatlaridagi ozbek vatandoshlar tomonidan turli xil yonalishlarda ishlab chiqilgan innovatsion goyalar, ishlanmalar, yangi texnologik loyihalar bilan yaqindan tanishish va ushbu loyihalarni Ozbekistonda moliyalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashish.Bundan tashqari anjumanda taqdim etilgan barcha innovatsion loyiha, maruzalarni maqolalar toplami sifatida chop etib, tegishli vazirliklar va tashkilotlar etiboriga havola etiladi.Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda ozbekistonlik va xorijlik mutaxassislarning Ozbekiston Respublikasida qishloq xojaligi, sogliqni saqlash, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, energetika, moliya va sugurta, shaharsozlik, turizm hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlari saralab olingan.Shuningdek, anjumanda Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq talimi vazirligi, Ozbekiston yoshlar ittifoqi, Ozbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Savdo-sanoat palatasi, Ozbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi hamda El-yurt umidi fondi kabi tashkilotlar masul xodimlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0