Qoraqalpog‘istonda 20 va 22 yoshli aka-ukalarga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berildi
FXDYo organlarida tizimli tekshirish natijasida mamlakatimizda, asosan chekka hududlar aholi punktlarida, turli sabablar hamda huquqiy bilimlari yetarli darajada bo‘lmaganligi, shuningdek, ota-onalar tomonidan farzandlariga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni olmaganliklari aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: “Xabar.uz”Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida, mamlakatimiz rahbari tomonidan joriy yilning iyun oyida tegishli qaror imzolandi. Unga ko‘ra, hokimiyat, xotin-qizlar qo‘mitasi, FXDYo bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda boshqa manfaatdor organlarning vakillaridan iborat maxsus guruh shakllantirildi.FXDYo bo‘limi bilan birgalikda Davlat xizmatlar markazi xodimlari tomonidan har bir mahallada uyma-uy yurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar natijasida qator muammmolar, jumladan, Qo‘ng‘irot tumani “Oltinko‘l” mahallasi fuqarolar yig‘inidagi bir oilada tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalari yo‘q 2 nafar bola — 1996-yil 23-yanvarda tug‘ilgan Atajanov Urazali Kulmurat o‘g‘li va 1998-yil 25-avgustda tug‘ilgan Atajanov Bekzat Kulmurat o‘g‘li yashab kelayotgani aniqlandi.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz