O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘sdi

2018-yilning yanvar – sentabrida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot (YаIM) hajmi joriy narxlarda 244 343,7 milliard so‘mni tashkil etdi, deb yozadi O‘zA. Foto: O‘zADastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning yanvar – sentabrida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot (YаIM) hajmi joriy narxlarda 244 343,7 milliard so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,2 foizga o‘sdi. YаIM deflyatori indeksi 2017-yilning yanvar – sentabridagi narxlarga nisbatan 131,6 foizni tashkil etdi.Yanvar – sentabrda YаIMning fizik hajmi va deflyatori indekslari dinamikasi quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi.(o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, % da) Foto: O‘zAAholi jon boshiga hisoblangan YаIM 7 433 so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foizga yuqoridir.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0