Xorazmda firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs sud zalidan ozodlikka chiqarildi

25-oktabr kuni jinoyat ishlari boyicha Xorazm viloyat sudi tomonidan Ozbekiston Respublikasi JK 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining a bandi bilan O.Otamuratovga oid jinoyat ishi korib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari boyicha Xorazm viloyat sudi xabar berdi. Foto: UzNetpressO.Otamurotov tanishi K.Ibragimov bilan uchrashib, unga Coca-cola yaxna ichimligini sotib olib, ulgurji narxda sotib, foydadan tushgan mablagni teng bolib, u bilan sheriklikda ishlashini aytib, 140 000 000 som pullarini aldab olib, ishonchiga kirib, ishonchini suiistemol kilgani holda pullarni firibgarlik yoli bilan qolga kiritgan.Bundan tashqari, O.Otamurotov takroran tanishi R.Matchanov bilan uchrashib, unga tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun qisqa muddatga pul berib tursa, tez kunda foyda pullari bilan birga kopaytirib qaytarib berishini aytib, uni aldab, ishonchiga kirib, 94 000 000 som pullarini olib, belgilangan muddatda qaytarmasdan, pullarni oz ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.Sud tomonidan O.Otamurotov jinoyat natijasida yetkazilgan zararni toliq qoplaganligini, jabrlanuvchilarning unga nisbatan davosi yoqligi inobatga olinib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogliq bolmagan jazo turi tayinlanib, sud zalida kamoqdan ozod etildi.Malumot uchun, shuni aytib otish lozimki 2018-yilning 9 oyi davomida jinoyat ishlari boyicha Xorazm viloyat sudlari tomonidan 53 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod etilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0