Tojikistonda 28 yilga qamalgan general Gadoyev Ozbekistonda yirik narkotiklar partiyasi bilan qolga olingan

Tojikiston Oliy sudi tomonidan 28 yilga qamalgan respublika IIVsining narkotiklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boshqarmasining sobiq rahbari Fayzullo Gadoyev joriy yilning yoz mavsumi avvalida Ozbekistonda qolga olingan. Bu haqda News.tj xabar bermoqda. Foto: News.tjAfgoniston narkotilarini Tojikiston hududi orqali Ozbekistonga tashish bilan ikki qoshni mamlakatning huquq-tartibot organlari bir necha yildan beri shugullanib kelgan.Hibsga olinish chogida uning yonidan yirik narkotiklar partiyasi bilan birga katta miqdordagi pullar ham topilgan va musodara qilingan, deyiladi xabarda.Ozbekiston maxsus xizmatlari Fayzullo Gadoyevni Tojikistonga topshirgan.Fayzullo Gadoyev Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tugilgan.U 2007-yilda Tojikiston ichki ishlar vazirligidan ishdan boshatilganidan song, respublika IIV nafaqaxori hisoblangan.Tojikiston Oliy sudi Ichki ishlar vazirligi Giyohvandlik moddalari noqonuniy aylanishiga qarshi kurash boshqarmasining sobiq boshligi, militsiya general-mayori Fayzullo Gadoyevni 28 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi.Sobiq militsiya mulozimi mamlakat JKning besh moddasi, shu jumladan, noqonuniy narkotik aylanmasida, yirik miqdorda pora olish va mansab mavqeini suiistemol qilishda ayblangan.Tojikiston Oliy sudi sudlanuvchining mol-mulkini davlat foydasiga musodara qilish haqida ham hukm chiqardi. Shuningdek, Fayzullo Gadoyev davlat mukofotlari va militsiya general-mayori unvonidan mahrum etildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0