Gruziya prezidentlik saylovlarida Zurabishvili va Vashadze ikkinchi turga o‘tdi

Gruziya prezidentligiga mustaqil nomzod Salome Zurabishvili va sobiq hukmron partiya “Yagona milliy harakat” vakili Grigol Vashadze 3 572 uchastkada ovozlar hisob-kitob qilingandan so‘ng birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egalladi. Shu tariqa ular prezidentlik poygasining ikkinchi turiga o‘tadi, deb yozadi “TASS”. Foto: “Delo.ua”Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 29-oktabr kuni e’lon qilingan oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Zurabishvili 38,62 foiz ovoz, Vashadze — 37,74 foiz, “Yevropacha Gruziya” partiyasidan nomzod David Bakradze — 10,94 foiz, Leyboristik partiya yetakchisi Shalva Natelashvili — 3,76 foiz ovoz to‘plagan.Qolgan uchastkalardagi saylovchilarning ovozlarini hisoblab chiqish saylovlarning umumiy natijalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Saylov g‘olibini aniqlash uchun kerak bo‘ladigan ikkinchi tur 1-dekabrdan kechiktirilmasdan o‘tkaziladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0