Andijonda 2 oylik oglini 4 million somga pullayotgan er-xotin qolga olindi

Andijon viloyatida 27-oktabr kuni viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan bola sotish holatining oldi olindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Andijon viloyati IIB matbuot xizmatiQayd etilishicha, bir fuqaro Andijon viloyati IIB ga murojaat etib, Andijon shahrida yashovchi T.T. hamda uning turmush ortogi T.M. lar oz farzandini begona shaxsga 4 million somga sotmoqchi bolib yurganini bildirgan.Xabarga asosan zudlik bilan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir otkazilib, Andijon shahrida yashovchi T.T hamda uning turmush ortogi T.M.lar 2018-yilning avgust oyida tugilgan, 2 oylik oglini fuqaro U.A.ga 4 million som evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi. Foto: Andijon viloyati IIB matbuot xizmatiSotilgan chaqaloq tibbiy korikdan otkazilib, Vasiylik va homiylik tashkiloti dalolatnomasi asosida Andijon viloyat bolalar uyiga topshirildi. Yuqoridagi holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv tadbirlari davom etmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0