Oksana Chusovitina Jahon chempionati finaliga chiqdi

Avval xabar berilganidek, Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Foto: “Gazeta.uz”Musobaqada o‘zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina ham ishtirok etmoqda. Chusovitina tayanib sakrash mashqlarida 14 200 ball jamg‘ardi va beshinchi natija bilan finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bahslar 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.Eslatib o‘tamiz, sport gimnastikasi bo‘yicha 48-marotaba tashkil etilayotgan ushbu Jahon chempionati Tokio—2020 Olimpiya o‘yinlari uchun dastlabki litsenzion musobaqa hisoblanadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0