Ozbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Umra safariga jonab ketdi

Hukumat qarori bilan joriy yildan Umra mavsumi yil boyi uzluksiz davom etishi elon qilindi. Avvallari muayyan ziyoratchilargina Umra safariga otlangan bolsa, hozirda bu cheklovlar olib tashlandi. Bu haqda Ozbekiston Din ishlari boyicha qomita matbuot xizmati xabar bermoqda. Foto: Din ishlari boyicha qomita matbuot xizmati2019-yildan boshlab yiliga ming-minglab ozbekistonlik Umra amallarini bajarish imkoniga ega boladi.Boshlangan Umra mavsumini yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha chora-tadbirlar korildi. Ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularning salomatligini muhofaza qilish va xavfsizligini taminlash maqsadida Ozbekiston musulmonlari idorasi, Ichki ishlar va Sogliqni saqlash vazirliklari, Davlat bojxona qomitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Haj va Umra amallarini tashkil etish va otkazish masalalari boyicha Jamoatchilik kengashi tomonidan ziyoratchilarga xizmat korsatish ishlari muvofiqlashtirib borilmoqda.Haj ibodatlarini tola-tokis ado etish, bu boradagi tartib-qoidalar, shuningdek, safar talablari xususida tushuntirish berish maqsadida joylarda ziyoratchilar guruhlari uchun safaroldi uchrashuvlari tashkil etildi.Ozbekistonlik ziyoratchilar Madina shahridagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilganidan song Makka shahriga yol oladi. Ziyoratchilar uchun mavsum davomida besh yulduzli mehmonxona, oshxona va transport xizmatlari yuqori saviyada tashkil etiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0