Indoneziyada qutqaruvchilar yo‘lovchi samolyoti qulagan joyni topdi

Indoneziya favqulodda xizmatlar vakili Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan joy topilganligini ma’lum qildi. Bu haqda Detik xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”. Foto: The Boeing CompanyNashr manbasi so‘zlariga qaraganda, samolyot Yava oroli sohillari yaqinidagi dengizga qulagan. Hozirda uning bortida bo‘lgan yo‘lovchilar va jamoa a’zolari taqdiri, shuningdek, aviahalokat vaziyatlari aniqlashtirilmoqda.Avvalroq Indoneziya qidiruv-qutqaruv agentligi radarlardan g‘oyib bo‘lgan Boeing 737 dengizga qulaganligini ma’lum qilgan edi. Samolyot Jakartadan Indoneziyaning Pankalpinang shahriga parvoz qilgan va havoga ko‘tarilgandan 13 daqiqa o‘tib u bilan aloqa yo‘qolgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0