Toshkentda ortidan militsiya quvayotgan Lacetti yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida bir kishi oldi. Lacetti haydovchisining haydovchilik guvohnomasi bolmagan

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida, Olmazor va Islom Karimov kochalari kesishmasida 28-oktabrga otar kechasi soat 2:00 atrofida Lacetti avtomobili va HOWO yuk mashinasi ishtirokida yol-transport hodisasi yuz berdi.IIBB matbuot xizmati axborotiga kora, avtomobilni YPX inspektorining talabiga boysunmay, yashirinish maqsadida katta tezlikda va haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib kelayotgan Lacetti haydovchisi OlmazorIslom Karimov kochalari chorrahasida svetoforning taqiqlovchi qizil chirogiga chorrahaga katta tezlikda kirib borgan vaqti yuk mashinasi bilan toqnashib ketgan.Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi, 29 yoshli Jorabek A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, Lacettining 26 yoshli yolovchisi Shahboz H. esa hodisa joyida halok bolgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam olishiga sabab bolgan transport vositasi harakati yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qozgatilgan.Tergov davomida YTH sabablari, haydovchini tezlikni oshirishga undagan omillar aniqlanadi. Qoidabuzarning avtomobilini taqib qilib borgan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi belgilangan. Ushbu tekshiruv natijalari haqida qoshimcha axborot beriladi, deyiladi Toshkent militsiyasi axborotida.Malumot uchun, Lacetti haydovchisi mamuriy ishlar boyicha Mirzo Ulugbek tuman sudining 2018-yil 12-apreldagi qarori bilan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 136-moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarlik (transport vositalari haydovchilarining va yol harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan otishdan boyin tovlashi)ni sodir etganlikda aybli deb topilib, mast holda avtomobil boshqarganligi uchun 1,5 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan bolgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0