Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya va Belarusdagi 13 ta harbiy qismga Samarqand komplekslarini joylashtirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya va Belarusning turli hududlaridagi harbiy qismlarga Samarqand radioelektron kurash komplekslarini joylashtirgan. Bu Rossiya davlat xaridlari saytidagi ushbu komplekslarni tamirlash va ularga xizmat korsatish uchun berilgan arizadan malum boldi, deya xabar bermoqda Meduza. Foto: RIA NovostiArizadan malum bolishicha, Arxangel, Kaliningrad, Moskva, Murmansk, Nijniy Novgorod viloyatlari, Krasnodar va Primorye olkalari, Yahudiylar muxtor viloyati va Belarusdagi 13 ta harbiy qismlarga 16 ta Samarqand komplekslari joylashtirilgan. Interfaksning yozishicha, ular Rossiya harbiy-dengiz floti obyektlarida joylashgan.Radioelektron kurash komplekslarining asosiy vazifasi dushman kommunikatsiyalari faoliyatiga xalal berish va ularni ishdan chiqarishdan iborat.Rossiya harbiy-dengiz floti obyektlari Samarqand komplekslari ornatilayotgani haqida 2017-yili malum bolgan edi. Ayni vaqtda rossiyalik harbiylar ushbu kompleksga doir tafsilotlarni malum qilmagan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0