“Barselona” “Real”ni tor-mor qildi, Suaresdan het-trik (video)

Biroz oldin futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan “Barselona” hamda “Real Madrid” o‘rtasidagi navbatdagi “El-Klasiko” yakuniga yetdi. Foto: TwitterUchrashuvda hisobni 11-daqiqada Filippe Koutinyo ochishga erishdi. 30-daqiqad Rafa Varan Luis Suaresni yiqitdi. Uchrashuv hakami esa VAR tizimi yordamida penalti belgiladi. Jarim zarbasini Suaresning o‘zi Tibo Kurtua darvozasiga aniq yo‘lladi.Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Marselo gol urib, hisobni qisqartirishga erishdi. 75 hamda 83-daqiqada Luis Suares yana ikkita gol urib, jamoasini oldinga boshladi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Arturo Vidal esa 87-daqiqada gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.10-turdan keyin “Barselona” hisobida 21 ochko mavjud va ular La Liga peshqadami bo‘lib turibdi. “Real Madrid” hisobida esa 14 ochko. Madridliklar 9-o‘rinni band etib turibdi.La Liga10-tur bellashuvi28-oktabr, yakshanba“Barselona”—“Real Madrid” 5:1Gollar: 1:0 – 11 Koutinyo, 2:0 – 30, penalti Suares, 2:1 – 50 Marselo, 3:1 – 75 Suares, 4:1 – 83 Suares, 5:1 – 87 Vidal.“Barselona”: ter Shtegen, Pike, Alba, Serji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 84), Buskets, Rafinya (Nelson Semedu, 69), Rakitich, Koutinyo (Dembele, 74), Suares.“Real Madrid”: Kurtua, Varan (Vaskes, 46), Marselo (Dias, 82), Nacho, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Beyl (Asensio, 77), Benzema.Ogohlantirishlar: Rakitich (38), Nacho (39), Beyl (53), Suares (77).

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0