Ozbekistondagi sport maktablarida oquvchilarni ovqatlantirish xizmatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 15-oktabrdagi buyrugi bilan ayrim ixtisoslashtirilgan olimpiyazaxiralari maktab-internatlarida autsorsing asosida ovqatlanishni tashkil etish tartibi togrisidagi vaqtinchalik nizom va autsorsing asosida ovqatlanishni tashkil etish boyicha namunaviy shartnoma tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Google ImagesDastlab sinov tariqasida Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, Urganch, Fargona hamda Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida autsorsing asosida ovqatlantirish joriy etildi.Bunda xizmat korsatish istagini bildirgan korxonalar ortasida tanlov otkazish yoli bilan talim muassasasi oshxonasi ijaraga beriladi. Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi (retsepturasi)ni belgilovchi namunaviy royxatga asosan taomlar tayyorlanadi. Ovqatlanishning kunlik menyu ratsioni vrach-diyetolog tomonidan ishlab chiqilib, maktab-internat direktori bilan kelishiladi hamda autsorserga taqdim etiladi.Autsorsing boyicha haq tolash shartnoma tuzilishi sanasida oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi ortachabozor narxlari boyicha (mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etilgan narxlardan yuqori bolmagan holda) bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sutkalik oziq-ovqat normasidan kelib chiqib ornatiladi. Bunda umumiy ovqatlanish korxonalariga haq tolash barcha xarajatlarni (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari va boshqalar) oz ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga olinadi. Misol uchun Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatiga 1 nafar oquvchining bir kunlik ovqatlanishi uchun ortacha 28 ming som ajratilgan.Tayyor va zaxiradagi oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish, tayyorlash retsepti va texnologik rejimga rioyayetilganligini aniqlash maqsadida maktab-internat va autsorser vakillaridan iborat bolgan mahsulotlarni sifatigaqarab saralash (brakeraj) komissiyasi tuziladi.Oshxona faoliyat korsatish samaradorligi, xizmatkorsatish darajasi oquvchilar va ota-onalar ortasida sorovnoma otkazish yoli bilan aniqlanadi. Bundan tashqari ota-onalar yigilishlarida oquvchilar uchun tayyorlanayotgan sifati va ovqatlanishni tashkil etishda korsatilayotgan xizmatlar togrisida taqdimot va korgazmalar otkaziladi.Ushbu muassasalarda toplangan tajriba va otkazilgan sinovlar natijadorligidan kelib chiqib, autsorsing xizmati kelgusida vazirlik tizimidagi barcha talim muassasalarida joriy etiladi. Malumot uchun, Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida oquvchilar olti oquv kunida besh mahal, yakshanba (bayram kunlari) kuni esa uch mahal ovqatlantiriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0