Termiz City’ni qurish bo‘yicha memorandum imzolandi

Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Bahodir Po‘latov hamda Germaniyaning Latviyada joylashgan KEMA International Devolopment Ltd kompaniyasi vakili Normund Kalnensh o‘rtasida Termiz City’ni loyihasi taklifini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Surxondaryo hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Surxondaryo hokimligi matbuot xizmatiUnga ko‘ra, zamonaviy kompleksni shaharning uchta hududida qurish rejalashtirilgan bo‘lib, 2019 yilning yanvar oyidan Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan 4,2 gektar bo‘sh yer maydonida 1-hudud qurilish ishlari boshlanadi. Bu yerda biznes markaz, mehmonxona, 2 ta 18 qavatli, 1 ta 22 qavatli uy, restoran va boshqa obyektlarni bunyod etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu ishlar uchun bosh pudratchi - KEMA International Devolopment Ltd kompaniyasi dastlab 240 million dollar miqdorida sarmoya kiritadi. Foto: Surxondaryo hokimligi matbuot xizmatiBundan tashqari, germaniyalik hamkorlar bilan bir vaqtning o‘zida Sherobod tumanida qiymati 400 million dollar bo‘lgan, yiliga 2,5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi zavodni bunyod etish ham rejalashtirilmoqda. Foto: Surxondaryo hokimligi matbuot xizmatiEslatib o‘tamiz, Termiz City kompleksini shaharning 3 ta hududida qurish belgilangan bo‘lib, bu ishlarga mamlakat hamda xorijiy davlatlarning yetakchi loyiha institutlari, chet ellik investorlar jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0