Toshkentda “Oq uy” qabristoni hududida yangi jome masjidi quriladi

Toshkent shahar hokimligining 2018-yil 18-iyundagi 930-sonli qaroriga asosan, Mirobod tumanidagi “Oq uy” musulmonlar qabristoni hududida yangi jome masjidini barpo etish belgilangan. Bu haqda Islom.uz xabar berdi. Foto: Islom.uzTez orada masjid loyihasi tayyorlandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov yangi masjid loyihasi bilan tanishib chiqgan.Mirobod tumanidagi “Oq uy” musulmonlar qabristoni hududida qurilishi rejalashtirilayotgan jome masjidning qiblasini aniqlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Mansur, rais maslahatchisi Abdulhamid Tursunov, O‘MI masjidlar bo‘limi mudiri Rahimberdi Rahmonov, mahalla faollari hamda inshoot ishlariga mas’ul shaxslar qurilish maydoniga kelishdi.Tadbirda Mirobod tumanida jome masjidlar atigi 3 ta bo‘lib, endilikda ularning soni yana bittaga ko‘payayotgani nur ustiga nur ekani, mazkur masjid kelgusida poytaxtdagi namunali masjidlardan biri bo‘lishiga umid bildirildi. Ayniqsa, atrofdagi 5 ta mahallada istiqomat qiluvchi aholi uchun mazkur masjidning barpo etilishi katta quvonch baxsh etdi.Tashrif davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati hamda ulamolar ishtirokida masjid qiblasi aniqlanib, barchaning guvohligida tasdiqlandi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0