Toshkentda mahalladoshini ketmon sopi bilan urib o‘ldirgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2018-yil 25-oktabr kuni Achchiqsoy MFY ko‘chasida yashovchi B.S. Dehqonobod MFY hududida joylashgan “Amirxon Omad Agro” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi vagon ichida, o‘zaro janjal chiqgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. Foto: IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiJanjal oqibatida, mast holda bo‘lgan shu MFYda yashagan fuqaro J.K.ning tanasini turli joylariga ketmon sopi bilan urib jarohat yetkazgan.Natijada J.K. olgan jarohatlari sabab kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. B.S. ko‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0