Video: Ukrainada kaskadyorlar mashinasi tomoshabinlar ustiga bosib bordi. Tort kishi jarohatlandi, 10 yosh qizning ahvoli ogir

Ukrainaning Krivoy Rog shahridagi avtomobil poygalari vaqtida mashina tomoshabinlar ustiga bosib bordi. Hodisa oqibatida tort kishi jabrlandi, ularning ikki nafari bolalar ekani aytilmoqda.Jabrlanuvchilardan biri kasalxonaga yotishdan bosh tortgan. Uch kishi Krivoy Rog kasalxonalariga yotqizilgan. Bir ayolning tos suyagi singan, 5 yoshli bolaning kokrak qafasi shikastlangan. 10 yoshli qizning ahvoli hammanikidan ham ogir u ogir bosh-miya jarohati bilan jonlantirish bolimida yotibdi.Baxtsiz hodisadan song poygalar toxtatilgan, hodisa joyida politsiya ish olib bormoqda. Dastlabki malumotlarga kora, hodisa yuz bergan vaqtda haydovchi mast bolmagan. Shunga qaramay, haydovchi nima uchun mashinani boshqara olmay qolganini tushuntirib berolganicha yoq. Mashina tormozi ishlamay qolgani haqidagi taxmin tekshirilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0