“Barselona” va “Liverpul” sobiq futbolchisi Luis Garsiya Toshkentda (foto)

Bugun, 28-oktabr kuni “Barselona”, “Atletiko Madrid”, “Liverpul” va Ispaniya terma jamoasi safida ko‘rsatgan mazmunli o‘yinlari bilan muxlislar olqishiga sazovor bo‘lgan futbolchi, endilikda La Liga elchisi – Luis Garsiya Toshkentga o‘zbekistonlik yosh “charm to‘p” ustalariga mahorat darslari o‘tib berish uchun yetib keldi. Foto: O‘FA“Toshkentda bo‘lib turganimdan juda ham mamnunman. Bugungi kun doirasidan o‘rin olgan barcha tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazishimizga ishonaman. “El-Klasiko”dek juda muhim uchrashuvni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bilan tomosha qilish imkoniyatiga egaligimdan xursandman. Futbol targ‘ibotini kuchaytirishga xissa qo‘shayotganimdan va bu orqali O‘zbekistonda ham do‘stlar orttirayotganimdan baxtiyorman”,—deya fikr bildirdi Garsiya. Foto: O‘FALuis Garsiya bugun “Ommaviy El-Klasiko” tadbirida qatnashadi va yosh futbolchilarga mahorat darsi o‘tib beradi. Qolaversa, “Barselona” — “Real M” uchrashuvi oldidan Temur Kapadze boshchiligidagi “Real Madrid” vakillariga qarshi “Barselona” safida ko‘rgazmali o‘yinda maydonga ham tushadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0