Ozbekistonda avtomobilga qayta ishonchnoma berish huquqi bilan ishonchnoma rasmiylashtirishga ruxsat berildi

Ozbekistonda qayta ishonchnoma berish huquqi bilan avtomobilni boshqarish uchun ishonch qogozi berish huquqi rasmiylashtirishga ruxsat berilmoqda.Bu taqiq Vazirlar Mahkamasining Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni tartibga solish togrisidagi 2001-yil 28-avgustdagi 354-son qaroriga kora shu paytgacha amal qilib kelayotgan edi.Vazirlar Mahkamasining Ozbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga ozgartirishlar va qoshimcha kiritish togrisidagi 2018-yil 24-oktabrdagi 863-sonli qaroriga kora, 17 yil avvalgi hukumat qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlandi.Endi fuqarolar ozlari ishonch bergan insonlarga boshqa shaxsga xuddi shunday ishonch qogozi rasmiylashtirish huquqiga ega bolishdi. Berilayotgan vakolatlar hajmi kamroq bolishi mumkin, lekin ortiq bolmasligi, qayta ishonchnoma berishi huquqi asosiy (dastlabki) ishonchnomada aks etishi kerak. Ikkilamchi ishonchnoma ham notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.Oz vakolatlarini qayta ishonchnoma bilan topshirgan shaxs asosiy ishonchnomani bergan shaxsga yangi ishonch bildirilgan insonning ism familiyasi va yashash manzili haqida malumot berishi shart. Xabardor qilish shunday amalga oshirilishi kerakki, xabardor qilinganlik fakti hujjat bilan oz tasdigini topishi lozim.Agar bu ish qilinmasa, keyingi ishonchnomani qolga kiritgan shaxsning xatti-harakatlari uchun oldingi ishonchnomani olgan shaxs javobgar boladi. Asosiy ishonch qogozi qaytarib olinganda, muddati tugaganda yoki boshqa sabablar bilan tugatilganda keyingi berilgan ishonch qogozi ham oz kuchini yoqotadi.Bundan tashqari, endi Ozbekiston rezidentlari bolmagan shaxslarga avtomototransport vositalarini ishonchnoma orqali berishni ham rasmiylashtirish mumkin. Bu ham 17 yil davomida taqiqlangan edi, deb yozadi Kun.uz.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0