Ozbekiston elchisi Ukraina oz ichki bozoridan ozbek avtomobillarini siqib chiqarishni xohlayotganini aytdi

Ozbekistonning Ukrainadagi elchisi Alisher Abdualiyev Interfaks agentligiga intervyu berdi. Suhbat davomida u Ukraina tomonidan ozbek avtomobillariga nisbatan olib borilayotgan tergov-surishtiruv ishlariga toxtalib otdi, deb yozadi Kun.uz. Foto: Podrobno.uzBu bizni nimadadir ayblab, tasir otkazib, avtomobillarimizning olib kirilishiga cheklov ornatish borasidagi birinchi urinish emas. Bu safar Ukraina tomoni avtomobil sanoatiga davlat tomonidan subsidiya ajratilishi masalalarini organadi. Bungacha dempingga qarshi surishtiruvlar otkazilgan edi. Oshanda biz ikki tomonlama ishchi tartibda, normal hamkor davlatlar sifatida ishladik, bir qarorga keldik va kun tartibidan ogriqli savollarni olib tashladik.Bu safar ham Ozbekiston tomoni ishchi maslahatlashuvlar shaklida masalani organib chiqishni taklif etmoqda. Bundan tashqari, Ukraina va Ozbekiston ikki karra erkin savdo zonasida bolib turibdi, shu sababli biz korxonalarimizga oz mahsulotlarini otkazish uchun bozorga chiqishlarini taminlashda barcha yordamni berishimiz kerak.Hozir Ukraina tomoni UkrAvto avtomobil ishlab chiqaruvchilarining arizasi asosida tergov-surishtiruv ishlarini boshlagani bildirilmoqda. Umid qilamanki, bu surishtiruv Ozbekistonga borib otkaziladi, chunki Ukrainada otirib ular yaxlit manzarani kora olishmaydi. Agar shunday surishtiruv boshlansa, men uning xolis va shaffof otishiga umid qilaman.Buning uchun Ukraina tomoni hozir savolnoma tayyorlamoqda, bizning avtomobil ishlab chiqaruvchimiz ham ariza berib jarayonda qatnashish istagida. Bizning yakuniy maqsadimiz Ukraina hududida yashovchi insonlarga arzon va sifatli mashina yetkazib berish.Ukraina tomonidan qabul qilinadigan choralar istemolchi uchun mashinalar qimmatlashishi, qoshimcha bojlar joriy etilishi, bu esa oz navbatida narxlarning sezilarli oshishiga sabab boladi. Ukrainaliklar oldida ikkita tanlov qoladi: yoki Yevropadan noqonuniy va eski avtomobillarni olib kirib, umuman soliq tolamaslik yoki sifatli texnikani xarid qilib, servis va xizmatlardan foydalanish.Bu yerda shuni alohida qayd etib otish joizki, Ukrainada ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga oxshash Ozbekiston yengil avtomobillari ulushi 2015-yilda 0,35 foizni, 2016-yilda 0,22 foizni, 2017-yilda 0,87 foizni tashkil etgan. 2017-yilda Ravon modeli sotuvlar boyicha 10-orinni egallagan. Bunday past sotuv hajmlariga ega bolgan Ravonning qanday qilib Ukraina avto ishlab chiqaruvchilariga zarar yetkazayotgani tushunarsiz. Mening kuzatishimcha, bularning bari qasddan diskriminatsiya qilish, aniqrogi, raqobatchini bozordan siqib chiqarishdir.Alisher Abdualiyev, Ozbekistonning Ukrainadagi elchisi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0