Liga 1. “Lion”da g‘alaba, “Monako” yana yuta olmadi, bugun PSJ “Marsel” bilan jang qiladi
Kecha, 27-oktabr sanasida futbol bo‘yicha Fransiya birinchi divizionida 11-tur bahslari davom ettirildi. Foto: TwitterXususan, “Lion” jamoasi safarda “Anjer” mehmoni bo‘lib, Auar hamda Memfis Depayning bittadan goli evaziga 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mezbonlarning yagona javob goli Santamariya tomonidan kiritildi.Tyerri Anri boshchiligidagi “Monako” esa yana g‘alaba qozona olmadi. Monegasklar “Dijon” klubini o‘z maydonida qabul qilib, 2:2 hisobida durang qayd etdi. Gollarga mezbonlar safida Xenrixs hamda Kamil Glik mualliflik qildi. Mehmonlarning gollari esa Alfons va Abed hisobiga yozildi.Bugun, 28-oktabr sanasida turning markaziy o‘yini “Marsel” hamda PSJ jamoalari o‘rtasida kechadi. O‘yin 00:00 da boshlanadi.Liga 111-tur bellashuvlari26-oktabr, juma“Nim” – “Sent-Etyenn” 1:1Gollar: 0:1 – 1 Kabella, 1:1 – 74 Aliui.27-oktabr, shanba“Anjer” – “Lion” 1:2Gollar: 0:1 – 63 Auar, 0:2 – 87 Depay, 1:2 – 88 Santamariya.“Tuluza” – “Monpelye” 0:3Gollar: 0:1 – 21 Labord, 0:2 – 24 Delor, 0:3 – 90 Sambiya.“Monako” – “Dijon” 2:2Gollar: 1:0 – 29 Xenrixs, 1:1 – 33 Alfons, 1:2 – 57 Abed, 2:2 – 78 Glik.“Lill” – “Kan” 1:0Gol: 1:0 – 56 Rafael Leau.“Gengam” – “Strasbur” 1:1Gollar: 1:0 – 6 Beneze, 1:1 – 88 Zoi.“Amyen” – “Nant” 1:2Gollar: 0:1 – 15 Boshilya, 0:2 – 71 Sala, 1:2 – 81 Bodmer.28-oktabr, yakshanba“Renn” – “Reyms” 19:00“Bordo” – “Nitssa” 21:00“Marsel” – PSJ 00:00
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz