Ozbekistonda adliya xodimlari xatti-harakati yuzasidan shikoyatlar soni kopaymoqda

Xodimlarimizni himoya qilamiz, agarda ular haqiqatda shunga loyiq bolsa. Adliya vaziri joriy yilning otgan 9 oyida amalga oshirilgan ishlar, yol qoyilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalarga bagishlangan kengaytirilgan hayat majlisida shu haqda malum qildi, deya xabar beradi OzA. Foto: OzAToshkent davlat yuridik universitetida videokonferensaloqashaklida otkazilgan yigilishda barcha viloyatlar adliya organlari rahbar va masul xodimlari ishtirok etdi.Tanqidiy va tahliliy ruhda otgan yigilishda huquqiy xizmat korsatish tizimi takomillashtirilib, advokatura va notariat tizimida tub ozgarishlar roy berayotgani takidlandi. Xususan, faoliyati tashkil etilganiga endigina 6 oy bolgan tumanlardagi adliya bolimidan vazifasiga noloyiqligi uchun 15 nafar xodim ishdan olingan. Notarial tizimni kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirish uchun joylarda 145 ish orni yaratildi.Vazirlikka kelib tushayotgan shikoyatlar soni otgan yilning shu davriga nisbatan 24 mingtaga kamaydi. Biroq, fuqarolarning ogirini yengil qilish, inson huquqlarini himoya qilishi kerak bolgan tizim xodimlari murojaatlarni yetarlicha organmasdan javob berishi qayta shikoyatlarga sabab bolmoqda.Ulardan biri sifatida Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro murojaatini keltirish mumkin. Tegishli qonunda murojaatlarga javoblar mumkin qadar murojaat qilingan tilda berilishi qayd etilgan bolsa-da, bunga rioya qilinmagan. Natijada fuqaro qayta shikoyat qilgan.Shuningdek, adliya xodimlari xatti-harakati yuzasidan kelib tushayotgan shikoyatlar soni kopaymoqda. Bu tashvishli, albatta. Misol uchun, otgan davrda mingdan ziyod ana shunday shikoyatlar kelib tushgan bolsa, ularning 200 dan ortigi Toshkent shahri, 30 dan ziyodi Namangan, 30 ga yaqini Qashqadaryo viloyati hissasiga togri kelmoqda.Majlisda bugungi kunning dolzarb masalalari bolgan huquqiy axborotni yetkazish, yuridik xizmat va norma ijodkorligi sohasidagi ishlarni alohida yol xaritalari orqali amalga oshirishga kelishib olindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0