Ularning ozi suvga tushgan: Ariqdagi oltovlon boyicha tafsilotlar ayon boldi

27-oktabr kuni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shumshayib turgan, korinishidan ziyoli, rahbarlarga xos qolida bloknot tutgan olti kishining ariq suvida dong qotgan holati tasvirlangan suratni rosa muhokama qildi. Kun.uz ushbu holat Toshkent viloyati Oqqorgon tumani, Abdunosir Gulom fermer xojaligi maydonida yuz berganini aniqladi. Foto: TelegramKun.uzga yetib kelgan axborotga kora, ariq suviga oyoq tiqqan kishilar Oqqorgon tumani hokimining qishloq xojalik ishlari boyicha orinbosari Sherzod Murodov, tuman suv xojaligi boshligi Tohir Mirzakarimov, tuman qishloq xojaligi bolimi boshligi Sharof Ahmedov, Ozod mahalla fuqarolar yigini oqsoqoli Zokir Musabekov, Mavlonboy ota fermer xojaligini rahbari Abror Mavlonov, Abdunosir fermer xojaligi rahbari (ismi Nosir) bolib chiqdi.Malum qilinishicha, bosh vazir orinbosari Zoir Mirzayev gallaga oz vaqtida suv quymagan masul va fermerlarni shu korinishda jazolagan. Tuman hokimi Farhod Omonov Kun.uz muxbirlariga voqea tafsilotlarini aytib bergan.Galla ekish boyicha tumani hokimi orinbosari (Sherzod Murodov tahr.) borganda, qilingan ishlarning barchasini tahlil qilmoqchi bolgan. Ikki nafar fermer xojaliklari rahbarlari, ozining (qol ostidagi) xodimlari, suv xojaligi boshligi bilan birgalikda bolgan. Galla ekilgandan keyin, suv quyilishi kerak. Lekin, galla ekilgan joyda suv quyilmagan, yonidagi ariqda esa suv oqib yotibdi. Mana suv bor-ku! Nega suv quymaysan?, degan payti, suvga ozi tushib ketgan. Mana suv! Bu yoqqa kel, sen ham suvni korgin, deb turib, qolganlarni ham suvga (nima qilgan)..., deydi u. Oqqorgon tumani hokimi Farhod Omonov.Foto: Kun.uzOmonovning aytishicha, tuman hokimi orinbosari Sherzod Murodov ushbu tekshiruvga rahbarlik qilgan va gallaga bolgan talabini korsatmoqchi bolgan.Gallani birinchigacha (1-noyabr tahr.) ekib bolishimiz kerak. Bu paytda sugorib, chiqarib yuborish kerak. Shunga, talab sal kuchaytirilgan. Notogri qilgan. Shuning uchun, biz buni muhokama qildik. Ozidan tushuntirish xatini oldik. Bundan tashqari, eng kam ish haqining 5 baravarida mamuriy jazoga tortildi. Bu voqea otgan kuni, tushdan song bolgandi, deydi tuman hokimi Farhod Omonov.Bundan tashqari, hokim tekshiruv payti respublikadan hech kim bolmaganini tasdiqladi. Bu gapning teskarisi, yani osha kuni Ozbekiston bosh vaziri orinbosari Zoir Mirzayev Oqqorgonda, suvga botgan oltovlondan sal narida bolgani haqida tuman hokimi orinbosari Sherzod Murodov aytib berdi. Murodovga kora, voqea sal boshqacha yuz bergan yani u gallaga suv quyilmaganini aniqlagan va jahl ustida oyoq kiyimi bilan suvga tushgan.Mana, suv bor-ku, deb, jahl ustida suvga tushdim... Fermerga suvni korsatmoqchi edim. Men ularni suvga tushirmadim. Ularning ozi tushdi. Ariqda suv yoq, deyilgandi. Mana bor, deb tushgandim, ular ham ergashib tushdi. Suvda kop turmadik, bir daqiqa atrofida boldik, deya boshqa manzarani korsatdi Sherzod Murodov.Suvga ozi anglagan holda tushgan hokim orinbosari nega atrofdagilar, xususan ozining qoli bogliq turganiga izoh bermadi. Uning aytishicha, turish shunaqa. Roparada esa rahbarlar bolgan, deya tasdiqlaydi u: Ular bizga ters qarab turgandi, 20-30 metr uzoqroqda edi. Ular orasida Bosh vazir orinbosari, viloyat prokurori orinbosari, viloyat hokimi orinbosari bolgan. Ular buni kormadi. Oqqorgon tumani hokimi orinbosari Sherzod Murodov.Foto: Kun.uzMurodovning takidlashicha, unga nisbatan mamuriy jazo qollanilgan. Buni hokim ham aytgandi, faqat Murodov jazoni boshqa ishi uchun olgani haqida aytib qoldi. Eng kam ish haqining 5 baravari miqdoridagi jarimani men, tuman qishloq xojaligi hamda tuman suv xojaligi boshligi toladi. Dalaga suv quyilmagandi, qishloq xojaligi kompleksi rahbari sifatida nazorat qilmagandim. Shuning uchun, mamuriy jazo tayinlandi, deydi u.Ariq suvida turganlar va tarqalib ketgan surat muallifi orasidagi masofa uzoq emas. Shunga qaramay, Murodov u yerda kim turganini eslolmadi, bilmaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0