FQB Teslani investorlarni aldashda gumon qilmoqda

AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) investorlarni aldashda gumon qilib, Tesla kompaniyasiga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda, kompaniyadagi manbalarga asoslanib, The Wall Street Journal xabar bermoqda. Foto: GettyFQB kompaniya Model 3 elektromobillarini ishlab chiqarish rejalariga doir 2017 yilgi ochiq bayonotlarida raqamlarni qasddan oshirib korsatgan-korsatmaganligini tekshiradi. The Wall Street Journal malumotlariga kora, FQB soroq uchun Teslaning bir qator sobiq xodimlari bilan aloqaga chiqib ulgurgan.Tesla asoschisi Ilon Mask kompaniya 2017 yil oxiriga borib oyiga 20 ming donadan mashina ishlab chiqarishini takidlagan edi, biroq amalda bunday bolmadi; Tesla 2018 yilning iyunidan boshlabgina haftasiga 5 ming donadan avtomobil ishlab chiqarishni boshladi, biroq bu korsatkichni ham uzoq muddat saqlab tura olgani yoq, deb yozadi The Verge.Avgust oyida Ilon Mask Teslani xususiy kompaniyaga aylantirish rejasi borligi haqida tvitlar yozganidan song, AQSh Qimmatli qogozlar va birjalar boyicha komissiyasi tadbirkorni firibgarlikda ayblagan edi. Oxir-oqibat Mask komissiya bilan kelishuvga erishdi u Tesla direktorlar kengashi raisligidan ketadi va 20 million dollar miqdorida jarima tolaydi. Kompaniyaga ham shuncha jarima solingan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0