Google Venesuelada senzuraga qarshi mobil dasturni sinovdan otkazdi

AQShning Google korporatsiyasi mustaqil OAVlarga nisbatan senzurani aylanib otish imkonini beruvchi mobil dasturni ishga tushirdi. Kompaniya bu dasturni birinchi bolib Venesuelada sinab korgan. Foto: Google ImagesIntra mobil dasturi hozircha faqat Android-qurilmalarda ishlaydi. U foydalanuvchining mobil qurilmasini bevosita Google serverlariga boglash imkonini beradi. Buning natijasida foydalanuvchi mahalliy internet-provayderlar tomonidan ornatilgan har qanday blokirovkani aylanib otishi mumkin boladi. Qayd etishlaricha, ushbu mobil dastur hukumatning ayrim saytlarni taqiqlash boyicha imkoniyatlarini ham cheklaydi.Xabar berishlaricha, Venesueladagi sinovdan song mobil dasturdan butun dunyo boyicha foydalanish mumkin boldi. Associated Press agentligining qayd etishicha, Intra mobil dasturi ishga tushganidan beri uni 130 mingdan ortiq marta yuklab olishgan.Bu Venesueladagi ogir ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz fonida yuz bermoqda. Ushbu inqiroz giperinflyatsiya, milliy valyuta devalvatsiyasi hamda birinchi navbatda zarur mahsulotlar va dori vositalari taqchilligi bilan birga davom etmoqda.Garb OAVlari malumotlariga kora, Venesuela hukumati mahalliy axborot resurslarning aksariyat qismini nazorat qiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0